Samarqand iqtisodiyot va servis instituti


eskidan qolgan o’qitish usullarining davom



Yüklə 443,89 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/45
tarix01.04.2022
ölçüsü443,89 Kb.
#115082
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s

eskidan qolgan o’qitish usullarining davom 

etishga mutlaqo yo’l qo’yib bo’lmaydi.”  

KARIMOV I.A         

                                                 KIRISH



Mavzuning

 

   dolzarbligi

 

 . O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ta’lim 

tarbiya   va   kadrlar   tayyorlash   tizimining   tubdan   isloh   qilish,   barkamol   avlodni 

yetkazish to‘g‘risida»gi Farmoni (08.10.1997 yil), «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni 

va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni hayotga tadbiq etish davlat siyosatining 

ustuvor   yo‘nalishlaridan   biriga   aylandi.   Ushbu   dasturiy   hujjatlarda   kadrlarning 

mamlakatimizni iqtisodiy ravnaq topishini ta’minlashda hal qiluvchi rol o‘ynashi 

hisobga olingan. 

Bugungi  kunda   Respublikamizda   ta’lim   sohasida   olib   borilayotgan 

ishlarning barchasi ta’lim tizimimizni yangilash, jahon tajribalaridan yangiliklarni 

ta’lim jarayoniga joriy qilish va buning natijasida zamon talablariga javob bera 

oladigan, yuksak mahoratga ega, ilg‘or fikrlaydigan malakali kadrlar tayyorlash 

bosh maqsad qilingan. Pedagoglar yoki bo‘lajak pedagog yoshlar bu soha bo‘yicha 

chuqur nazariy bilimlarni, boy amaliy tajribaga ega bo‘lish sirlarini, sohaning o‘z 

qonun-qoidalarini mukammal o‘rganib chiqishlari, o‘z kasbiy bilimlarini yanada 

rivojlantirishlari   lozim   bo‘ladi.   «Talabalarning   kasbi   bo‘yicha   bilimlarni 

shakllantirish, rivojlantirish  qatorida chuqur ilmiy asosli, keng hajmli ma’lumotlar 

manbaini berishda jahon tajribasiga tayangan holda hamda 1997 yil 29 avgustda 

qabul   qilingan   «Kadrlar   tayyorlash   milliy   dasturi»   da   belgilangan     ustuvor 

vazifalardan biri hisoblangan yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish ayni 

paytda   mamlakatimizda   ta’lim   tizimini   yangilash,   zamonaviylashtirishga   oid 

islohotlar   kechayotgan   bir   davrda   ko‘zlangan   maqsadlarning   muqarrar   ijobiy 

3



samarasi hisoblanadi»

1

. Ta’lim jarayonida yangi pedagogik texnologiyalar, yangi 



metodlarni   qo‘llashning   o‘quvchi   yoshlarda   nafaqat   bilim   va   ko‘nikmalarni 

shakllantirishdagi hissasi, balki ularning keyingi ish faoliyatlarida   zarur bo‘lgan 

keng va teran fikrlash, tanqidiy mushohada, chuqur mulohaza, kuchli xotira, o‘z 

jamoasini yetaklay olish, jamoasi bilan hamkorlikda ish olib borishga o‘rganish, 

ularni   himoya   qila   olish,   ijodiy   fikr   yuritish,   o‘z   fikrlarini   himoya   qila   olish, 

mantiqiy dunyoqarash, o‘z qarashlarini erkin va ochiq bayon eta olish, fikrlash 

faoliyatini   jadallashtirish   va   uzoqni   ko‘ra   olish,   yangiliklarga   intiluvchanlik, 

izlanuvchanlik  ruhi va boshqalarni ham undash kabi hislatlarni shakllantirishdagi 

hissasi beqiyos ahamiyat kasb etadi. 


Yüklə 443,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin