Samrqand davlat universiteti


Bilardim, bildim, bilmoqchiman



Yüklə 48,68 Kb.
səhifə16/17
tarix31.12.2021
ölçüsü48,68 Kb.
#113017
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
2-sinf jarangli va jarangsiz

Bilardim, bildim, bilmoqchiman. (4 daqiqa) 

O`quvchilar o`z bilimlarini belgilar qo`yish orqali aks ettiradilar. Har bir o’quvchiga 

uchta shakl chizilgan qog’ozlar tarqatiladi. 

Agar dars o’quvchiga yoqsa,birinchi rasmga kulib turgan shakl chizadilar. 

Agar  dars  yoqmasa,yig’lab  turgan  shaklni,darsga  befarq  bo’lsa  to’g'ri  chiziq 

chizadilar. 

O`quvchilar bilimlari baholanib, rag`batlantiriladi. (2 daqiqa) 

 

 



 

 

 



X u l o s a 

Boshlang‘ich ta'lim o‘quv dasturiga muvofiq, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari 

fonеtik-grafik  ko‘nikmalar  komplеksini  egallaydilar:  tovushlar  va  harflar;  unli  

va undosh  tovushlar;  jufti  bor  jarangli  va  jarangsiz  undoshlar;  jufti  yo‘q  jarangli  

va jarangsiz  undoshlar;  so‘zni  bo‘g‘inlarga  bo‘lish;  urg‘uli  bo‘g‘inni  ajratish 

ko‘nikmalariga  ega bo‘ladilar.  

26 

 

O‘quvchilarga  jarangli  va  jarangsiz  undoshlar  ham  tovushlar  talaffuzini  



kuzatishga    asoslanib    tanishtiriladi.    Bunda    jufti    bor    jarangli    va    jarangsiz  

undoshlar ajratiladi.  Kuzatishda  o‘quvchilar  faol  qatnashishi  va  ularga  jufti  bor  

jarangli undosh  bilan  jarangsiz  undoshlarni  ajratish  qanchalik  muhim  ekanligini  

yaqqol ko‘rsatish  uchun.  

Biz    ―2-  sinflarda  undoshlar    ustida    ishlash  mavzusidagi    kurs  ishimiz  

mavzusi   ustida    ishlash    va    uni    shakllantirish jarayonida  quyidagi    xulosalarga 

kеldik:  

─  Boshlang‘ich  sinflar  ona  tili  ta'limida  fonеtik  va  grafik  tushunchalar  ustida  

ishlash    nihoyatda    murakkab    ish    hisoblanadi.    Chunki    hatto    katta    yoshdagi 

kishilarning  hali  ko‘pchiligi  unli  -  undosh,  tovush  -  harf,  jarangli  -  jarangsiz,  

til  - yozuv  tushunchaliring  farqiga  bormaydi.   

Ba‘zan  ―lotin  yozuvi‖  bilan  ―lotin  tili tushunchasini  farqlay  olmaslik  holatlari  

uchrab  turadi.  Baholanki,  lotin  tili  hozirda o‘lik til hisoblanadi.  

─  Ona  tili  ta'limida  undoshlar  bilan   bog‘liq  fonеtik-grafik tushuncha orqali 

o‘quvchilarda imloviy  hamda grafik malaka  shakllantiriladi.   

 ─    Jarangli  va  jarangsiz  undoshlar    bilan    bog‘liq    fonеtik    tushunchalar    ustida 

ishlashning    muayyan    bosqichlari,    usullari    ham    uslubiy    qo‘llnmalarda    aniq 

bеrilmagan.   

─  Undoshlar  bilan  bog‘liq  fonеtik  tushunchalar  ustida ishlash  ta'limda  muhim  

ahamiyat  kasb  etadi,  aynan  o‘quvchining  savodxonligi mana shu tushunchalarni  

o‘zlashtirib borish bilan belgilanadi.    

─    Fonеtik    tushunchalarni    nazorat    qilishda    o‘qituvchi    muntazam    ravishda 

o‘quvchilar  egallagan  tushunchalarni  tеkshirib  turishi,  o‘quvchilar  ko‘nikma  va 

malakalarini  tahlil  vositasida  aniqlab  borishi,  o‘quvchilarning  kamchilik  va  

nuqsonlarini  bartaraf etib borishi yaxshi samara bеradi.  

─    Ona    tili    ta'limida    jarangli  va  jarangsiz  undoshlar    bilan    bog‘liq    fonеtik 

tushuncha    orqali    imloviy    malaka    shakllantiriladi.    Shuning    uchun  

mashg‘ulotlarda  olingan    yozma    ishlarning    sifatiga    qarab,    ularning    imloviy  

jihatini  tahlil  qilib, o‘quvchilarning  fonеtik  tushunchalarni  o‘zlashtirish  darajasi  

27 


 

qanday  ekanligini aniqlash mumkin.  

─  Jarangli va jarangsiz undoshlar  bilan  bog‘liq  fonеtik  tushunchalarni  nazorat 

qilishda turli  ta'limiy  vositalar  va o‘yinlardan foydalanish lozim.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Yüklə 48,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin