Sana “ ” 201 yil



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə22/103
tarix05.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#126403
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
10 s-d-i-t

Yangi dars bayoni:
Kimyoviy xossalari. Alkanlar boshqa uglevodorodlarga qaraganda kimyoviy faolligi nisbatan pastroq bo‘lib, ular oddiy sharoitda reaksiyalarga kirishmaydi. Katalizator ishtirokida, temperatura va yorug‘lik ta’sirida o‘rin olish reaksiyalariga kirishadi.Yonishi. Uglevodorodlar yuqori haroratda yonib, CO2 va H2O hosil qiladi. Alkanlarning umumiy yonish formulasi quyidagicha: Kreking. Yuqori temperaturada to‘yingan uglevodorodlarning uglerod uglerod bog‘lari uzilib, radikallar hosil qiladi va natijada, uglerod atomi kam bo‘lgan alkan va alkenlar aralashmasi hosil bo‘ladi. Bu jarayon termik kreking
deb ataladi.
Degidrogenlash. Bu reaksiya yordamida alkanlardan tegishli to‘yinmagan uglevodorodlar hosil qilinadi. MasalanCH3 CH3 CH2 CH2 + H2 etan etilenIshlatilishi. Tabiiy gazning asosi metan yoqilg‘i sifatida ishlatiladi. Metandan metil spirt, sirka kislota, etil spirt, sintetik kauchuk, mochevina olinadi. Dixloretan, xloroform va tetraxlormetanlar erituvchi sifatida foydalaniladi. Alkanlar yoqilg‘i sifatida ham ishlatiladi. Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. 48 g metanning yonishidan necha gramm CO2 hosil bo‘ladi?
2. 132 g propanning yonishidan necha gramm suv hosil bo‘ladi?
3. 116 g butanning yonishidan necha gramm CO2 hosil bo‘ladi?
4. 101 g metil xlorid olish uchun necha gramm xlor kerak?
5. 129 g etilxlorid hosil bo‘lishi uchun necha gramm etan talab etiladi?
6. Metandan 1500˚C temperaturada 104 g asetilen olingan bo’lsa hosil
bo’lgan vodorod hajmini (l, n.sh.) hisoblang. 7. Metandan 1500˚C temperaturada 78 g asetilen olingan bo’lsa, sarangan metan hajmini (l, n.sh.) hisoblang.


IV. O‘rganilgan mavzuni mustahkamlash:
1.Savol-javob va mavzuning asosiy mazmunini takrorlash orqali amalga oshiriladi.
2..Guruhlarda ishlash yakunlarini chiqarish.
V. Dars yakunlarini chiqarish:
O‘qituvchi o‘quvchilar bajargan yozma va og‘zaki javoblar uchun qo’yilgan baholarni e’lon qiladi va yuzaga kelgan savollarga javob qaytaradi.
VI. Uyga vazifa:O’rganilgan mavzu savollariga javoblar tayyorlash.
O`quv – tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosarining imzosi: ________________


Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin