Mashg‘ulot metodi:guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi:mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi: I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni: Dizaynerlar turli buyumlar shakli va ko‘rinishini o‘zgartirib, ularni yanada chiroyliroq, nafisroq qilib yaratishga harakat qiladilar. Masalan, oddiy quti va savatlarni turlicha shakllarda yasab va bezab, har xil turlarini yaratish mumkin. Modellashtirishda asosan bezatish yo‘li bilan ularning yangi modellari yaratiladi. Hozirda buyumlarni bezatishda ishlab chiqarilayotgan yarimtayyor bezak mahsulotlari (tasma, gul, to‘r, toshlar, nozmunchoq)dan foydalaniladi. Gazlamadan ham turli gul, barglar tayyorlab, sovg‘a uchun savat va qutilar bezatiladi. Savatlarni turli usullarda va turli xomashyolar yordamida qoplab bezash mumkin. Masalan, tayyor qutilarni gazlama, oddiy rangli va yaltiroq qog‘ozlar yordamida qoplab, bezaladi. Yanada chiroyli chiqishi uchun yarimtayyor bezak matolaridan foydalaniladi. Quyida biz savatni gazlama bilan qoplash va bezak matolari bilan bezashni o‘rganamiz.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: 1. Savatlar nima maqsadda bezatiladi?
2. Savatlarni bezashda qanday xomashyolar kerak bo‘ladi?
3. Yana qanday usullardan foydalanib savatlarni bezash mumkin?
V. Mashg‘ulotni yakunlash: to‘garak a’zolarini yutuq va kamchilliklarini muhokama qilish, rag‘batlantirish
VI. Uyga vazifani e’lon qilish: yangi mavzuni to‘liq takrorlash va yangi mavzu yuzasidan bilimlarini mustahkamlab kelish.
Maktab MMIBDO‘________ __________________________sana____ ______________ 20__ yil Sana: “__” ____________ 20__-yil. Sinflar: _____ To‘garak rahbari: _____________________