Sana: “ ” 201 yil



Yüklə 13,44 Mb.
səhifə58/68
tarix01.11.2023
ölçüsü13,44 Mb.
#131076
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   68
5-9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garak

Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
I II. Yangi mavzu bayoni:
Bahorda tayyorlanadigan salatlar Bahorda inson organizmi turli vitaminlar va ozuqaviy moddalarga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun bahorda salatni yangi uzilgan sabzavotlardan, sut mahsulotlari: suzma, qatiq, qaymoq qo‘shib tayyorlansa juda foydali va to‘yimli bo‘ladi. Quyida biz bahorda tayyorlanadigan salat turlari bilan tanishib chiqamiz. M asalliqlar: 500 gramm qo‘y go‘shti, 3 dona pomidor, 2 dona bodring, 1 dona piyoz, 3 bo‘lak sarimsoqpiyoz, 3 dona tuxum, kashnich ko‘kati (ta’bga ko‘ra), 5 choy qoshiq 8% li sirka, 1 osh qoshiq o‘simlik yog‘i,1 chimdim maydalangan qora murch, ta’bga ko‘ra tuz. 1. Go‘shtni yuvib, pishguncha qaynatamiz. 2. Bodring, pomidor, piyoz va go‘shtni mayda somoncha shaklida, ko‘k piyoz, sarimsoqpiyoz va ko‘katlarni mayda to‘g‘rab olamiz. 3. Tayyorlangan mahsulotlarga tuz, murch, o‘simlik yog‘i va sirka qo‘shib aralashtiramiz. Likopchaga tog‘ qilib uyib, tuxum bo‘laklari, qaynatilgan go‘sht, va ko‘katlar bilan bezatamiz.
Bahorda tayyorlanadigan salat
M asalliqlar: 1 dona pomidor, 1 dona bodring, 1 dona piyoz, 1 dona bulg‘or qalampiri, ta’bga ko‘ra tuz, murch va ko‘katlar (ozgina o‘simlik yog‘i qo‘shsa ham bo‘ladi). Tayyorlanishi: barcha sabzavotlar yuviladi va chuqurroq likopchaga to‘rtburchak yoki somoncha shaklida to‘g‘raladi, so‘ngra tuz va murch qo‘shib, hammasi birgalikda yaxshilab aralashtiriladi. Boshqa likopchaga solib, dumaloq shaklda kesilgan piyoz bo‘lakchalari bilan bezatiladi.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Nima uchun aynan bahor faslida ko‘proq salatlar tayyorlanadi va iste’mol qilinadi?
2. «Bahor» salatining tayyorlanishini aytib bering.

Yüklə 13,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin