O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: duradgorlikda ishlatiladigan yelimlar va bo‘yoqlarni ishlatilish sohalarini axborot manbalaridan qidirib topish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish.
Mashg‘ulot turi:yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi:guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi: I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
III. Yangi mavzu bayoni: Q o‘y, echki, tuya kabi hаyvоnlаr teri sirtini qоplаb turuvchi tabiiy tоlа jun deb аtаlаdi. Jun gаzlаmаlar hаyvоnlаrdаn оlinаdigаn yung tоlаlаridаn to‘qilаdi. Hаyvоnlаr juni mахsus qаychi yoki elektr mаshinа yordamida bir yildа ikki mаrtа оlinаdi.Оlingаn jun tоzаlаnаdi, ya’ni ungа birinchi ishlоv berilib, navlаrgа аjrаtilаdi, sоvunli hamdа sоdаli issiq suvdа yuvilаdi, mахsus mаshinаlаrdа quritilаdi Jun gazlama — jun tolasidan toʻqiladigan mato. Toza junli va yarim junli xillari boʻladi. Toza jun gazlamalar 100% jun ipdan toʻqiladi. Junli kiyim-kechaklarning tashqi koʻrinishini yaxshilash maqsadida jun tarkibiga 6—10% gacha (umumiy ogʻirligiga nisbatan) paxta ipi, viskoza, sunʼiy ipak, shtapel tolasi va gazlama ham toza. jun gazlamalar jumlasiga kiritiladi. Yarim junli gazlamalar tarkibida 85% gacha tabiiy yoki sunʼiy jun boʻladi. Iplarning sifatiga qarab jun gazlamalar , asosan, kamvol va movut gazlamalarga boʻlinadi. Kamvol gazlamalar yuqori va oʻrta raqamli jun ipdan toʻqiladi. Kamvol gazlama sirti tekis, koʻpincha, tuksiz pishiq, yengil, changni oʻziga kam oladi, undan tikilgan kiyim chidamli boʻladi, taxi tez buzilmaydi,