Sana: “ ” 201 yil


O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari



Yüklə 13,44 Mb.
səhifə32/68
tarix01.11.2023
ölçüsü13,44 Mb.
#131076
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
5-9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garak

O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘qib-o‘rganish uchun fan to‘garaklariga qatnashish, kutubxonada mutolaa qilish orqali bilimini mustaqil ravishda oshirib borish; o‘z sog‘ligini asrash.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: o‘z oilasi, mahallasi, yurti oldidagi burchini bilish; mahallada tashkil etilgan hasharlarda, shanbaliklarda faol ishtirok etish.
Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
I II. Yangi mavzu bayoni:
Buyum tikishda vaqtinchalik va doimiy qo‘l choklaridan foydalaniladi. Vaqtinchalik qo‘l choklari buyumning biron-bir detalini kerakli o‘ringa qo‘yishda, masalan, cho‘ntak, yoqa, yeng, manjet, burmalarni joylashtirishda, vitochka o‘rnini ko‘chirishda ishlatiladi. Doimiy qo‘l choklari esa yashirin qaviq orqali buyumning etak qismini, yeng uchlarini qayirib tikishda, izma, tugma o‘rnatishda hamda bezak chok sifatida foydalaniladi. Qaviq tikish uchun igna gazlamaga sanchilgan joydan chapda salqi hosil qilinadi, igna shu salqilikdan o‘tkaziladi va chap qo‘lning bosh barmog‘i oldida sirtga chiqariladi. Bu payt o‘ng qo‘lning jimjilog‘i bilan detal stolga bosib turiladi. Bosh va ko‘rsatkich barmoqlar bilan esa igna gazlama o‘ngiga chiqariladi va qaviq tortiladi. Shu tarzda qaviq hosil qilish jarayoni takrorlanadi. Ignani gazlamaga har xil usulda sanchish mumkin. Shuning uchun qaviqlar ham har xil chiqadi.Qo‘lda bajariladigan qaviqlar besh xil bo‘ladi:

Yüklə 13,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin