Sana: “ ” 201 yil



Yüklə 13,44 Mb.
səhifə40/68
tarix01.11.2023
ölçüsü13,44 Mb.
#131076
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68
5-9-sinf texnologiya qizlar 34 soat to\'garak

Mashg‘ulot turi: yangi bilim beruvchi, bilimlarni mustahkamlovchi, amaliy, nazariy, aralash, noan’aviy, ananaviy.
Mashg‘ulot uslubi: tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Mashg‘ulot metodi: guruhlarda ishlash, “kim epchil-u, kim chaqqon”, “ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “muammo va yechim” shu kabi metodlar.
Mashg‘ulot jihozi: mavzuga oid rasm, ko‘rgazmalar va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar.
Mashg‘ulotning borishi:
I. Tashkiliy qism: a) Salomlashish. b) Davomatni aniqlash.
II. Uyga vazifani so‘rash: a) Savol – javob o‘tkazish. b) Topshiriqlarni tekshirish.
I II. Yangi mavzu bayoni:
1. Gazlama qirqimini tekislab olish uchun uning ko‘ndalang ipi sug‘uriladi va qiyshiq joyi qirqiladi.
2. Gazlama milki bo‘ylab ikkiga buklanadi. Gazlama uchlarining tekisligi tekshiriladi.
3. Gazlama milki tukli, qattiq bo‘lsa, uni qirqib, olib tashlagan ma’qul, aks holda bichishga xalaqit berishi mumkin.
4. Gazlamaning teshigi, dog‘i, bo‘yog‘i yoki gulida kamchiligi bo‘lsa, ular detal qirqimiga tushib qolishini oldini olish lozim. Andazani gazlama ustiga joylashtirish tartibi
1. Gazlamaning buklov qismiga andazaning bo‘ylama ipi mos kelishi kerak (12-rasm).
2. Agar gazlamaning guli yoki tuki bir tomonlama bo‘lsa, andazaning yelka tomoni bo‘ylab bir tomonlama joylashtiriladi.
3. Gazlamaning buklov qismiga andazaning yirik qismlari buklov bo‘yicha joylashtiriladi.
4. Gazlamaning ustiga andazaning cheti to‘g‘nog‘ichlar yordamida diagonal bo‘yicha mahkamlanadi. So‘ngra chok haqi tashlab, chizilgan chiziq bo‘ylab mahkamlanadi. To‘g‘nog‘ichlarning oralig‘i 7–7,5 cm ni tashkil etishi lozim.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Bichish vaqtida qanday talablarga rioya qilish kerak?
2. Qaychi bilan ishlashda xavfsizlik texnikasi va sanitariya-gigiyena qoidalarini ayting.
3. Gazlamani andazaga joylashtirish tartibini ayting.

Yüklə 13,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin