Darsning borishi va vaqt taqsimoti.
Bosqichlar
|
Mazmuni
|
Metodlar
|
Vaqti (daqiqa)
|
Tashkiliy jarayon
|
Salomlashish ,darsning borishi haqida ma’lumot berish
|
Og`zaki
|
3
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
O`quvchilar bilan o`tilgan mavzu yuzasidan topgan- topaloq , “Fikrlar cho`qqisi” aqliy hujum o`yinli mashqini o`tkazish
|
Og`zaki va yozma
|
10
|
Yangi mavzuni o`rganish
|
O`quvchilardan yangi mavzu haqida so`raladi. Mavzu tushuntiriladi.Bunda kim chaqqon, klaster va kartotekalardan foydalaniladi.
|
O`gzaki , yozma va slaydlar asosida.
|
20
|
Mustahkamlash
|
Mavzu yuzasidan masalalar yechish va darslikda berilgan laboratoriya ishini bajarish.
|
Og`zaki va tajriba o`tkazish.
|
8
|
Yakunlash
|
O`quvchilarni rag`batlantirish
Uyga vazifa berish
Darsni yakunlash
|
Og`zaki va yozma
|
4
|
I. Tashkiliy qism:
Darsga kirib o`quvchilar bilan salomlashib davomatni aniqlagandan so`ng, o`quvchilarni darsni tashkil etish va baholash mezonlari bilan tanishtiriladi.
II. O`tilgan mavzu:
Dars “Topgan topaloq” muammoli o`yinidan boshlanadi.
Bu moddaning molekulyar massasi 64 ga teng. Bu modda suv bilan reaksiyaga kirishib kislota hosil qiladi. Bu moddaning tarkibida 50% O2 mavjud. Bu qaysi modda?
O2 oltingugurt oksidni oksidlab olinadigan bu moddaning agregat holati suyuq bo`lib, molyar massasi 80 ga teng. Uning boshqacha nomi sulfat angidrid deb ham yuritiladi. Bu qaysi modda?
Sanoatning noniman,
Kislotalar shohiman
Indikator rangini
Darhol qizartiraman.
Demak, siz o`rgangan mavzu bu “Sulfat kislota” ekan, deb o`quvchilar 2 guruhga bo`linadi va ular rag`bat kartochkalari orqali rag`batlantirib boriladi.
Shakllangan guruhlar o`rtasida “Yozuvni tikla” mashqi o`tkaziladi.
FeS2 + ... →... + SO2
SO2 + ... → SO3
... + H2O → H2SO4
H2SO4 + ... → CuSO4 + ... + H2O
O`quvchilar 2 daqiqada vazifani bajarib eng yaxshi guruh rag`batlantiriladi.
O`quvchilar bilan o`tilgan mavzuni takrorlash uchun “Fikrlar cho`qqisi” o`yinining savollari beriladi:
H2SO4 ning molekulyar massasini ayting.
H2SO4 ning tuzilish formulasini ko`rsating.
H2SO4 ning olinishi.
H2SO4 ning kimyoviy xossalarini ayting.
H2SO4 ga sifat reaksiyasini ko`rsating.
Sulfatlarga misollar keltiring.
MgSO4 tuzini qanday usullar bilan hosil qila olasiz?
III. Yangi mavzu:
O`quvchilardan javob olingach, yangi mavzu doskaga yoziladi.
Mavzu: Kimyoviy reaksiya tezligi.
Reja:
Kimyoviy reaksiya tezligi.
Kimyoviy reaksiya tezligiga ta’sir etuvchi omillar. Konsentratsiya, harorat va bosimning ta’siri.
Qaytar va qaytmas reaksiyalar.
Darsni quyidagi tajriba bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarning ish stolida 0,5 M li bariy xlorid va 0,5 M li natriy tiosulfat (natriy giposulfat) ning teng miqdordagi eritmalari quyilgan probirkalar hamda sulfat kislota eritmasi bor.
Probirkalardagi eritmalarga bir vaqtda sulfat kislota eritmasi quyildi.
BaCl2 + H2S04 = ↓BaS04 + 2HC1
Na2S2O3 + H2SO4 = Na2SO4 + H2O + SO2 + S↓
1-reaksiya tez sodir bo'ladi va oq rangli cho'kma tushadi. 2-reaksiya esa sekin sodir bo'ladi.
O'quvchilarga fizika fanidan ma'lumki harakatlanayotgan jismning o'rtacha tezligi
v = s
t
formula bilan o'lchanadi. Demak, harakatlanayotgan jismning o'rtacha tezligi vaqt (t) birligi ichida bosib o'tilgan yo'l (s) bilan ifodalanadi.
Kimyoviy reaksiya tezligi qanday hisoblanadi? Bu savolga o'quvchilar hozir o'tkazgan tajribaga va
v = s
t
formulaga asoslanib javob berish mumkin. Kimyoviy reaksiyaga kirishayotgan moddalarni konsentratsiyasi vaqt birligi ichida kamayadi, ya'ni sarflanadi, ma'lum bir vaqt ichida mutloq sarflanib tugashi mumkin.
Moddaning dastlabki konsentratsiyasi C1 reaksiya davomida sarflanib, uning konsentrasiyasi C2 bo'lib qoldi. Moddaning konsentratsiyasi C, dan C2 ga o'tishi uchun ma'lum bir vaqt (t2—t1) sarflandi.
Yuqoridagi mulohazaga asoslanib kimyoviy reaksiya tezligini quyidagi matematik ifoda bilan yozib olishimiz mumkin:
V= C1 - C2 yoki v = k ∆C
t2 -t1 ∆t
Bunda:
u — kimyoviy reaksiya tezligi;
к — proporsionallik koeffisienti;
∆C = ∆t - vaqt ichida o'zgargan modda konsentratsiyasi.
Kimyoviy reaksiyalar tezligi haroratga bog'liq bo'ladi.
Natriy tiosulfat bilan sulfat kislota o'rtasidagi kimyoviy reak-siyani yuqoridagi tajribada o'rganamiz.
Endi bu reaksiya tezligiga haroratning ta'siri qanday bo'lishini kuzatamiz.
Buning uchun natriy tiosulfat va sulfat kislota quyilgan probir-kani suvli vannaga solib qizdiramiz. Harorat ko'tarilgan sari reaksiya tezlashadi
Ma'lumki, harorat har 10°C ga ortganda reaksiyalarning tezligi 2-4 marta ortar ekan (kimyoviy reaksiyaning harorat koeffitsienti). Kimyoviy reaksiyalarning tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi:
t2 -t1
V = y 10
Misol. Agar reaksiyaning harorat koeffitsienti 4 bo'lsa, harorat 10°C dan 50°C gacha ko'tarilsa reaksiyaning tezligi necha marta ortadi?
Dostları ilə paylaş: |