Sana: 2-sentyabr 2011yil



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə4/8
tarix20.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#127320
1   2   3   4   5   6   7   8
8 sinf huquq dars ishlanma

Rivojlantiruvchi: O’quvchilarga darsni tushuntirish vaqtida o’quvchilarni qiziqtirish uchun ularni guruhlarga bo’lib, guruhlar bilan ishlash, test savollari boshqotirmalar orqali rivojlantiriladi.
DTS talablari: Bolalarga O’zbekiston davlati va huquqi asoslari fani haqida ma`lumot berish.O’quvchilar dars davomida o’rganishi kerak bo’lgan bilim, ko’nikma, va malakalar
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: 1. 8 sinf “O’zbekiston davlati va huquqi asoslari” darsligi
2.O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch
3. Mavzuga oid rasmlar, boshqotirma va test savollari
4. Doska , bo’r, daftar , ruchka
Dars jarayonining mazmuni :
1.Jamiyat tushunchasi
2.Har qanday jamiyat jamoadir
3.Jamiyat – ijtimoiy munosabatlar majmui , yig’indisi
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. Yangi mavzuning bayoni.
Kishilik jamiyatining ilk bosqichi — ibtidoiy jamoa tuzumi davrida odamlar orasida o‘ziga xos qoidalar mavjud bo‘lgan. Odamlar ilk bora to‘da, urug‘ jamoalari va qabilalarga birlashganlarida o‘zlariga yo‘lboshchi, urug‘ boshlig‘i va qabila boshliqlarini tayinlaganlar. Mehnat qurollarining takomillashuvi jarayoni mehnat taqsimotini keltirib chiqargan va odamlar orasidagi tabaqalashuvga olib kelgan. Shuning uchun ham asosiy maqsadi va mashg‘uloti xususiy mulkchilik munosabatlari va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat bo‘lgan kishilarning maxsus guruhlari vujudga kelgan.
Jamiyat odamlarning birgalikdagi hayotiy faoliyatlarida birlashgan muayyan murakkab tuzilmadir. Bu tuzilma unga kirgan a’zolar, ya’ni odamlarning oddiy guruhi, yoki to‘plami emas, balki muayyan qoidalarga asosan birlashgan jamoasidir. Odamlar o‘z iste’moli uchun kerakli ashyolarni qay tariqa yetishtirib. ishlab chiqarib olsalar, o‘zlari yashashlari uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy shart-sharoitlarni ham o‘zlari yaratadilar. Inson jamiyat a’zosi bo‘lar ekan shu ijtimoiy shart-sharoit og‘ushida yashaydi.
Jamiyat - muayyan hududda yashovchi, o‘z ehtiyoj va manfaatlariga ko‘ra birlashgan kishilardan iborat jamoa.
Jamiyat turli odamlar guruhining oddiy majmui yoki jamoasi emas. Jamiyat - murakkab ijtimoiy organizm. U - odamlarning o‘zaro munosabatlari, aloqalari mahsuli. Odamlarning hayoti, eng avvalo, ishlab chiqarish, turmush farovonligini ta’minlovchi iste’mol buyumlari yaratish va ularni o‘zaro ayirboshlash bilan bog‘liq muayyan mushtarak faoliyat zaminida kechadi.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin