Sana: 2-sentyabr 2011yil


Jamiyat - arabcha jamoa, jamlangan, birlashgan



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə5/8
tarix20.05.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#127320
1   2   3   4   5   6   7   8
8 sinf huquq dars ishlanma

Jamiyat - arabcha jamoa, jamlangan, birlashgan degan ma’nolarni bildiradi.
Boshqacha aytganda, jamiyat biologik qonunlar emas, balki odamlarning ijtimoiy qonunlar ustuvor bo‘lgan, yuksak shakllangan mushtarak birligidir. Har qanday jamoa ham jamiyat bo‘lavermaydi. Lekin istalgan jamiyat jamoa hisoblanadi. Jamiyat murakkab tirik organizm bo‘lib muttasil o‘zgarib, rivojlanib turadi.Jamiyatni tashkil qiluvchi odamlar ko‘p yoki kam, boy yoki kambag‘al, teng huquqli yoki teng huquqli emas, o‘xshash yoki har xil bo‘lishlaridan qat’iy nazar muayyan jamiyatning a’zolari hisoblanadilar. Ya’ni jamiyat insonsiz, inson esa jamiyatsiz mavjud bo‘la olmaydi.
Quyidagi qayd etilgan elementlardan qaysilari qatnashmasa ham, jamiyat tashkil topishi mumkin?
- Xalq, iqtisod, madaniyat, davlat, g‘oya, huquq, qonun.
Javobingizni asoslang. Bunda jamiyatga berilgan har xil ta’riflarga murojaat qiling.
Rasmdagi odamlar guruhini jamiyat deb atasak bo‘ladimi? Nima uchun?


Inson o‘z shaxsiy talablari jihatidan boshqalardan ajralgan holda yashay olmaydi, chunki u insoniyatning boshqa vakillari bilan munosabatdagina ularni qondira olishi mumkin. Jamoa a’zolarining barchasi uchun majburiy-huquqiy qonunlar zarur bo‘ladi. Jamoaning barcha a’zolari mehnal bilan shug‘ullanmoqlari zarur”.


Abu Ali ibn Sino, (“Ishorat va tanbixat”)
IV darsni mustahkamlash.


Sharhlang!
“Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega.
Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi”.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 63-modda.
V. Baholash: Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
O`tilgan mavzuni o`qib kelish, mavzuga oid savollarga javob topish

Sana:.
Fan: O’zbekiston davlati va huquqi asoslari

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin