Teorema.Bir to’g’ri chiziqda yoki parallel to’g’ri chiziqlarda yotadigan kesmalar berilgan bo’lsin. Ularning ayni bir chiziqqa proyeksiyalari berilgan kesmalarga proporsional bo’ladi.
a║b , A1B1 – AB ning, C1D1 – CD ning, E1F1 – EF ning m to’g’ri chiziqqa proyeksiyalar (2-rasm)
Masala.AB va CD kesmalar parallel to’g’ri chiziqlarda yotadi. Agar AB = 12 sm, CD = 15 sm va AB kesmaning biror m to’g’ri chiziqdagi proyeksiyasi 8 sm bo’lsa, CD kesmaning shu m to’g’ri chiziqdagi proyeksiyasini toping.
Yechish.CD kesmaning m to’g’ri chiziqdagi proyeksiyasi x bo’lsin, isbotlangan teorema va masala shartidan foydalanib, proporsiya tuzamiz:
Bu tenglikdan x = 10 bo’lishini topamiz.
Savol, masala, topshiriqlar Kesmaning berilgan to’g’ri chiziqdagi proyeksiyasi nima?
Bir to’g’ri chiziqda yoki parallel to’g’ri chiziqlarda yotgan kesmalarning ayni boshqa bir to’g’ri chiziqqa proyeksiyalari kesmalarga proporsional ekanligini isbotlang.
a va b to’g’ri chiziqlar orasidagi burchak 450 ga teng. a to’g’ri chiziqda uzunligi 10 sm bo’lgan AB kesma olingan. AB kesmaning b to’g’ri chiziqdagi proyeksiyasini toping.
AB kesmaning uzunligi l to’g’ri chiziqdan 9 sm va 14 sm uzoqlikda yotadi. Agar AB kesma l to’g’ri chiziqni kesib o’tmasa va AB = 13 sm bo’lsa, AB kesmaning l to’g’ri chiziqdagi proyeksiyasini toping.
3- va 4-rasmlardagi ma’lumotlar asosida binolarning balandliklarini toping.
To’g’ri chiziq va unga parallel bo’lmagan kesma chizing. Kesmani Shu kesmaning to’g’ri chiziqdagi proyeksiyasini yasang.
Koordinatalar tekisligida A(2;3) va B(3;-4) nuqtalar belgilangan. AB kesmaning koordinata o’qlaridagi proyeksiyalarining uzunliklarini toping.
a va b to’g’ri chiziqlar orasidagi burchak α ekanligi ma’lum. a to’g’ri chiziqda AB kesma olingan. AB kesmaning b to’g’ri chiziqdagi proyeksiyasini toping.
AB va CD kesmalarning l to’g’ri chiziqdagi proieksiyalari o’zaro teng. AB va CD kesmalarning uzunliklari haqida nima deyish mumkin? Misollar keltiring.