Sana:___________202__yil 4-sinf ONA TILI Mavzu:.Yonma-yon kelgan unli tovush va harflar. Maqsad: Ta’limiy: Mavzuyuzasidan o`quvchilar bilimini mustahkamlash F.k.1. gapning asosini aniqlab, ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlari, ularning kesim yoki egaga Tarbiyaviy maqsad:Mustaqil Vatanimizning har bir muvaffaqiyati, istiqlol yo'lida qilinayotgan ishlari bilan faxrlanish va Vatanga mehr hissiyotini uyg'otish, har qanday tajovuzkor kimsalardan nafratlanish; T.k5.san’at turlarini bilish va ularni bir-biridan farqlay olish;. o'zbek xalqining milliy urf-odat, an'ana va qadriyatlarini amalda qo'llash malakalarini shakllantirish. Tk.3. kattalarga, kichiklarga va o‘rtoqlariga yordam berish.Rivojlantiruvchi maqsad: So`zlarni tog`ri yozish malakalarini rivojlantirish
Fanga oid kompetensiyalar: Og`zaki va yozma nutqini rivojlantirish. Mustaqil fikrlashga o`rgatish. F.k.2.mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi;
Darsning turi :yangi bilim beruvchi,
Darsning metodi:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi.
Darsning jihozi:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar, plakatlar.kitob
Darsning borishi. I.Tashkiliy qism: Salomlashish,
o’quvchilarni darsga tayyorgarliklarini tekshirish.
Aylanma daftarlarni almashtirish.
Chiroyli va xatosiz yozish yuzasidan ko`rsatmalar beraman.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash: O'quvchilarning olgan baholarini qisqacha tahlili o`tkaziladi. Yo`l qo`yilga xatolari yuzasidan ko`rsatma beraman
Tez aytishlarni o‘qing va mashq qiling.
Bulturgi burgutni bugun Urgutda ko‘rdim. Chumchuq chug‘urchiqni cho‘qimasa, chug‘urchiq chumchuqni cho‘qimaydi.
So‘zlarning yozilishini eslab qoling
III.Yangi mavzu bayoni:O’qituvchi darslikdagi mashq orqali bugungi mavzuni ko’rgazmalar, slayd va multimedia ilovasi orqali tushuntiradi va berilgan mashqlar o’quvchilar bilan sinf doskasi va o’z daftarlariga mustaqil yozib bajartiriladi.
Unlilarning talaffuziga diqqat qiling. Matnda
siz haqingizda nimalar deyilgan?
Aziz bolajonlar, siz go‘zal bog‘larga, ona tabiatga, nurli olamga bir olam havas bilan boqasiz. Siz zavqshavq bilan shahdam shahdam yurganingizda olam
jonlanadi. Bog‘lar, chamanlar sizga talpinib quchoq ochadi. Shaloladay sho‘x kulgingiz mudroq qalblarni uyg‘otadi. Bilimga, go‘zallikka, mehrga chanqoqsiz.
Siz ham ona-Vatan bog‘ida o‘sib ulg‘ayasiz! .. OnaVatan yo‘lingizga ko‘z tikib, sizni kutmoqda. (Qutlibeka Rahimboyeva)
Yonma-yon kelgan unli so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilib o‘qing.
Oila, teatr, kakao, soat, manfaat, tabiiy, taassurot, tabiat, akkardion, Saida, muallim, Saodat, matbuot, inshoot, shuur. So‘zlarni ikki guruhga ajratib yozing. Qaysi xususiyatiga ko‘ra guruhga ajratdingiz? So‘zlarning yozilishini yodingizda
tuting. Manfaat so‘ziga ma’nodosh so‘zlar toping va tahlil qiling.
IV.Mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
V. O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantiraman. Doskada mashq bajargan o`quvchilarni baholayman.
VI.Uyga vazifa: O`quvchilarga uy vazifasini bajarilishi yuzasidan ko`rsatma berib darsni yakunlayman.
O‘qing. Ko‘chiring.
Badiiy, million, jamoa, mozaika, muallif, muomala,
mutolaa, koinot, pansionat, pianino, radio, qoida, Noila, teatr, muallim.
So‘zlarning talaffuzi va yozilishini yodingizda tuting. Hozir siz qaysi badiiy asarni mutolaa qilyapsiz? Shu haqida 2ta gap tuzib yozing.