I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
245-mashq. Maqollarni o‘qing. Belgini bildirgan so‘zlarni aniqlang. O‘rganish oson, o‘rgatish qiyin. To‘g‘ri odam egri so‘zdan or qilar. Yozing. Qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lgan,qarama-qarshi ma’no bildirgan so‘zlarni aniqlang va tagiga chizing. III.Yangi mavzu bayoni: 246-mashq. Berilgan so‘zlardan bahor, shamol,quyosh, maysa haqida gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringizdan hikoya hosil bo‘lsin. Go‘zal, yoqimli, kuchli, ko‘m-ko‘k; bahor, shamol, quyosh, maysa; keldi, esdi, qizdirdi, ko‘kardi. Go`zal bahor fasli. Ko`m ko`k maysalar mayin tebranardi. Yoqimli shamol esardi. Quyosh zarin nurlarini sochardi. Hikoyaga sarlavha qo‘yib yozing. Narsalar bel- gisini bildirgan so‘zlarning tagiga to‘lqinli chiziq chizing 247-mashq. She’rni o‘qing. Narsalar nomini, belgisini, harakatini bildirgan so‘zlarni aniqlang vayozing. Tugmachagul, boychechak Qizil, pushti gul, chechak Oq nastarin, gulxayri — Bog‘da o‘sadi bari. Yoqimli hid sochadi Bahri dilni ochadi Musharraf Zayniddinova Narsalar nomini bildirgan so‘zlar: n i m a ? tugmachagul, ... . Narsalar harakatini bildirgan so‘zlar: nima qiladi?o‘sadi, ... . Narsalar belgisini bildirgan so‘zlar: q a na q a ? qizil, ... IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
248-mashq. «Imlo lug‘ati»dan6 ta belgi bildirgan so‘z topib yozing. V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi va boholar jurnalga va kundalikka qo`yiladi VI.Uyga vazifa:Takrorlash
Mavzu: O‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash 249-253-mashq Maqsadlar: Ta’limiy: O`quvchilarni o`tilgan mavzu bilimlarini mustahkamlash va yangi mavzu bo`yicha yangi bilimlar berish ona tilidagi qoidalar va to`g`ri yozish ko`nikmalarini shakllantirish va ularning nutq ravonligi haqida ma`lumotlar berish
Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.
Tarbiyaviy maqsad:o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish; Rivojlantiruvchi maqsad:o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish. Tayanch kompetensiyalar: K-1:Ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish; televizor, telefondan to‘g‘ri foydalanish.
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.