Metod:suhbat, tushuntirish,”Savol-javob” metodi,”Rasmli boshqotirma”, “Eng vijdonli o’quvchi” o’yinlari.
Shakl:jamoa,guruhda ishlash,hamma o’zi uchun.
Jihoz:darslik,rangli ko’rgazmalar,harakatli ko’rgazmalar,tarqatma testlar,plakatlar.
Nazorat:O’quvchilarning darsda faolligi kuzatilib,hisobga olib boriladi.
Baholash:O’quvchilar bilimi reyting mezonlari asosida baholanib,dars oxirida e’lon qilinadi.
Darsning borishi.
I.Tashkiliyqism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O’tilgan mavzuni takrorlash: 1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: 249-mashq. Rasmga qarab, maqolni o‘qing Qarama-qarshi ma’noli so‘zlarning tagiga chizing 250-mashq. Ikkita uy hayvonini tanlang. Ularning belgilarini qiyoslab yozing. Belgini bildirgan so‘zlarning tagiga chizing. 251-mashq. Qarama-qarshi ma’noli belgi bildirgan 1 so‘zlarga misollar yozing.
252-mashq. O‘qing. Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, mittigina gul bor ekan. U mayin tuproq ko‘rpasiga burkanib uxlashni yaxshi ko‘rarkan. Bir kuni uxlayverib-uxlayverib zerikib ke- tibdi. Ko‘rpasini ko‘tarib, bunday mo‘ralasa, osmonda yop-yorug‘, issiq bir narsa yaraqlab turganmish... O‘tkir Hoshimov Yozing. Narsa belgisini bildirgan so‘zlarni ajratib olib, yoniga so‘rog‘i bilan yozing IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:o’quvchilarni yangi mavzu yuzasidan bilimlari savol – javob va tarqatmalar orqali mustahkamlanadi. V.Uyga vazifa: 253-mashq. She’rni o‘qing. Yoddan yozishga tay- yorlaning LAYLAGIM Uzun tumshuq laylagim, Kelar birga o‘ynagim. Loy, balchiqni kechmagin, Kir bo‘lar oq ko‘ylaging. Vali Ahmadjon Yoddan yozing. Belgini bildirgan so‘zlarning tagiga " chizing. O`IBDO`: _____________________ Sana: __________________ Mavzu: Sanoq va tartibni bildirgan so‘zlar. 254-257- mashq Maqsadlar: Ta’limiy: O`quvchilarni o`tilgan mavzu bilimlarini mustahkamlash va yangi mavzu bo`yicha yangi bilimlar berish ona tilidagi qoidalar va to`g`ri yozish ko`nikmalarini shakllantirish va ularning nutq ravonligi haqida ma`lumotlar berish
Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.