Sana: Mavzu



Yüklə 122,83 Kb.
səhifə2/13
tarix13.11.2023
ölçüsü122,83 Kb.
#132504
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2-sinf ona tili IV- choprak tayyor

Darsning borishi.

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.Tashkiliy qism:Salomlashish, yo’qlamaqilish, o’quvchilarnidarsgatayyorgarliklarinitekshirish.
II.O`tgan mavzuni mustahkamlash:
1. O'quvchilar daftari ko'rib chiqiladi.
2. Suhbat yordamida uy vazifasi qanday bajarilganligi aniqlanadi.
245-mashq. Maqollarni o‘qing. Belgini bildirgan so‘zlarni aniqlang.
O‘rganish oson, o‘rgatish qiyin. To‘g‘ri odam egri so‘zdan or qilar.
Yozing. Qanday? so‘rog‘iga javob bo‘lgan,qarama-qarshi ma’no bildirgan so‘zlarni aniqlang va tagiga chizing.
III.Yangi mavzu bayoni:
246-mashq. Berilgan so‘zlardan bahor, shamol,quyosh, maysa haqida gaplar tuzing. Tuzgan gaplaringizdan hikoya hosil bo‘lsin.
Go‘zal, yoqimli, kuchli, ko‘m-ko‘k; bahor, shamol, quyosh, maysa; keldi, esdi, qizdirdi, ko‘kardi.
Go`zal bahor fasli. Ko`m ko`k maysalar mayin tebranardi. Yoqimli shamol esardi. Quyosh zarin nurlarini sochardi.
Hikoyaga sarlavha qo‘yib yozing. Narsalar bel- gisini bildirgan so‘zlarning tagiga to‘lqinli chiziq chizing
247-mashq. She’rni o‘qing. Narsalar nomini, belgisini, harakatini bildirgan so‘zlarni aniqlang vayozing.
Tugmachagul, boychechak
Qizil, pushti gul, chechak
Oq nastarin, gulxayri —
Bog‘da o‘sadi bari.
Yoqimli hid sochadi
Bahri dilni ochadi
Musharraf Zayniddinova
Narsalar nomini bildirgan so‘zlar: n i m a ? tugmachagul, ... .
Narsalar harakatini bildirgan so‘zlar: nima qiladi?o‘sadi, ... .
Narsalar belgisini bildirgan so‘zlar: q a na q a ? qizil, ...
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash:Bajarilishi yuzasidan ko`rsatma beriladi: so‘zlarni o‘qing. so‘z boshida kelgan undoshni to‘g‘ri ayting. Doskada va mustaqil bajariladi.
Mavzu yuzasidan o’quvchilarga tarqatmalar berilib savol javoblar o’tkaziladi.
248-mashq. «Imlo lug‘ati»dan6 ta belgi bildirgan so‘z topib yozing.
V.O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`bat kartochkalari bilan rag`batlantiriladi va boholar jurnalga va kundalikka qo`yiladi
VI.Uyga vazifa:Takrorlash


O`IBDO`: _____________________
Sana: __________________


Mavzu: O‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash 249-253-mashq
Maqsadlar:
Ta’limiy: O`quvchilarni o`tilgan mavzu bilimlarini mustahkamlash va yangi mavzu bo`yicha yangi bilimlar berish ona tilidagi qoidalar va to`g`ri yozish ko`nikmalarini shakllantirish va ularning nutq ravonligi haqida ma`lumotlar berish
Fanga oid kompetensiyalar: Adabiy – nutqiy kompetensiya elementlari(tinglab tushunish, talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo’g’in ko’chirish qoidalariga rioya qila oladi, o’zlashtirgan leksik birliklarni matnda qo’llay oladi, tinish belgilarini to’g’ri qo’llay oladi.
Tarbiyaviy maqsad:o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga o‘rgatish;
Rivojlantiruvchi maqsad:o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash, xulosa chiqarishga o‘rgatish. Tayanch kompetensiyalar: K-1:Ko‘rgan lavhalaridan ma’lumotlar yig‘ish; televizor, telefondan to‘g‘ri foydalanish.
Lingvistik kompetensiya: o‘zbek tilidagi nutq tovushlarining talaffuzida talaffuz me’yorlariga rioya qila oladi, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay oladi.

Yüklə 122,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin