Mavzu: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish, boiaklab va ustun shaklida qo‘shish usullari.
Soatlar soni: 1 soat.
Mavzuning qisqacha mazmuni: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shishning ikki usuli - boiaklab va ustun shaklida qo‘shish usullarini takrorlash, unga doir misol va masalalarni, kesmaga doir mashqni yechish.
Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash:Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Darsning maqsadlari Ta’limiy: O‘quvchilarning ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish bo‘yicha 2-sinfda olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini, kesma haqidagi tushunchalarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish.
Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.
Kutilayotgan natijalar Dars yakunida bo‘laklab va ustun shaklida qo‘shish usullaridan foydalanib ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shishni uddalay oladilar, kesma haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.