Sana: __________ Sinf: 3 ______ Fan nomi: Matematika Mavzu: Qoldiqli bo‘lish (jadval ichida). 251-257-misol va masala.
Tayanch tushunchalar: Qoldiqli bo lish.
Mavzuning qisqacha mazmuni:O’quvchilarning 5-nazorat ishi bo‘yicha yozma ishlarini tahlil qilish, xatoliklami ko‘rsatish orqali olgan bilim va ko‘nikmalaridagi bo‘shliqlami to‘ldirish, qoldiqli bo‘lishning o‘qish qoidasini tushuntirish, unga doir misol va masalalarni yechish.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.
Jihozlar: Darslik, chizg‘ich, mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Mashg’ulotning maqsadi: A) Ta’limiy: 0‘quvchilaming 5-nazorat ishi bo‘yicha yozma ishlarini tahlil qilish, qoldiqli bo‘lish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish.
Tarbiyaviy: ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo'lgan muhabbatni o'stirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.