17 yoshli G’ulom informatika faniga juda qiziqadi. U qator xalqaro turnirlarda yuqori o’rinlarni egallagan. Bir kuni uning eski tanishi 29 yoshli Sanjar undan maxfiy internet saytini ochishga yordam berishini so’radi va unga katta miqdorda pul va’da qildi. G’ulom. tanishining shartiga ko’nib saytning kodini ochib tegishli ma’lumotlarni olib berdi. Ushbu sistemaga xaker kirganini sezgan DXX organlari qaysi kompьyuter orqali sistema kodi buzilganini aniqlashga kirishishdi. G’ulom ning uyidagi kompyuter internet tizimiga ulangan edi. Qilingan operatsiya G’ulomning uyidagi kompyuterdan qilingani ma’lum bo’ldi. DXX xodimlari G’ulomni qo’lga olishdi. G’ulom ushbu harakatlar boshida tanishi 29 yoshli Sanjar turganini aytdi va aybiga iqror bo’ldi.
Sanjar va G’ulom qanday jazoga loyiq?
Bilmasdan noqonuniy ishga qo’l urish jazolanishiga fikringiz.
Bunday muammolarda duch kelmaslik uchun sanjar va Sanjarga o’xshagan iqtidorli yoshlar qanday yo’l tutushlari lozim.