Sanoat ishlab chiqarishini bashoratlash va rejalashtirish Reja


qisqaroq muddatga – sutka, o`n kunlik, oyga bo`lib muayyan-



Yüklə 461,01 Kb.
səhifə3/4
tarix13.12.2023
ölçüsü461,01 Kb.
#140332
1   2   3   4
Ishlab chiqarish mintaqalarini va ustaxonalarni rejalashtirish (4)

qisqaroq muddatga – sutka, o`n kunlik, oyga bo`lib muayyan-
lashtirish bilan tavsiflanadi. Tezkor-ishlab chiqarish rejalashti-
rish – kalendar rejalashtirish va dispetcherlashdan iborat bo`-
ladi.
Kalendar rejalashtirishda korxona yillik rejasida va birinchi o`rinda ishlab chiqarish dasturi(mahsulot tayyorlash rejasi)ni o`n kunlik, hafta, kun va smena bo`yi­cha aniqlashtirish hamda bu ko`rsatkichlarni bajaruvchilarga etkazish ko`zda tutilgan.

Qisqa muddatli rejalashtirishda korxona faoliyati va rivojlanishi 1-3 yilga mo`ljallab rejalashtiriladi. Uning o`ziga xosligi shundaki, birinchi yil ko`rsatkichlari har chorakda, ikkinchi va uchinchi yil ko`rsatkichlari esa har yarim yil yoki bir yilda aniqlashtiriladi va to`g`rilashlar kiritilib boriladi. Buning maqsadi sifatida esa, reja ko`rsatkichlarining iqtisodiy muhit, bozor va fan-texnika taraqqiyotida yuz berayotgan o`zgarishlarni to`laroq aks ettirishga intilishni ko`rsatish mumkin.
Strategik rejalashtirish xo`jalik yuritishning bozor tizimidagina vujudga kelib, 10-15 yillik davrni o`z ichiga oladi. U korxona rahbariyatining mas`uliyatli vazifasi hisoblanadi hamda rivojlanishning ustivor yo`nalishlarini topish va bozorda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan talabni inobatga olgan holda resurs bilan ta`minlashga qaratilgan.
3. Rejalashtirish texnologiyasi va korxona rejalari tuzilmasi
Rejalashtirish, reja loyihasini uning mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasi, moddiy-texnika ta`minoti rejasi, kadrlar va oylik maosh bo`yicha reja, yangi texnika va kapital qo`yilmalar rejasi, moliyaviy reja kabi asosiy qismlari doirasida tayyorlash bilan bog`liq bo`lgan rejadan avvalgi davrni o`z ichiga oladi.
1. Rejalashtirishning har bir elementi va bosqichi qat`iy ravishda asoslab berilishi.
2. Rejadagi vazifalarning aniq va o`z vaqtida bajarilishi, ya`ni rejaning adresliligi.
3. Reja bajarilishini doimiy va uzluksiz ravishda hisobga olish, nazorat qilish va unga zarur hollarda o`zgartirishlar kiritish.
4. Ichki va tashqi muhitdagi o`zgarishlarni ijobiy qabul qilish, shuningdek, korxona faoliyatini ro`y bergan o`zgarishlarga mos ravishda, o`z vaqtida qayta tashkil qilish (rejalashtirishning moslashuvchanligi).
5. Fan-texnika taraqqiyoti va xo`jalik yuritishning ilg`or tajribalariga tayanish.
Rejalashtirish tizimi quyidagi talablarga javob bergan taqdirdagina
samarali va ishonchli hisoblanadi:
Buyurtmalar portfeli
Rejadan oldingi ish (reja loyihasi)
Korxona rejasi
Bajaruvchilar
Resurslar
Bajarish muddatlari
Tayyor mahsulot (ish va xizmatlar)
Mahsulot (ish va xizmatlar) iste`molchilari
chizma. Korxonada rejalashtirish jarayoni texnologiyasi
Rejalashtirishning har bir turi o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, bu xususiyatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
belgilangan rejalashtirish oralig`ining aniqligi;
integratsiya va differentsiatsiya darajasi, shuningdek, rejalashtirilayotgan ko`rsatkichlar miqdori;
ishlab chiqarish xarajatlari va natijalarini hisob-kitob qilish darajasining aniqligi;
rejani tayyorlovchilar va amalga oshiruvchilar o`rtasida majburiyatlarni taqsimlash tartibi

Yüklə 461,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin