4. Biznes-reja, uning mazmuni va ishlab chiqish tartibi Tadbirkorlik – korxonalar xo`jalik yuritish faoliyatining uzluksiz qismi bo`lib, foyda (daromad) olish va uni ko`paytirishga qaratilgan bo`ladi. Korxonalar hayotida u, boqibeg`amlikka berilish, turg`unlik va isrofgarchilikni inkor qilishni anglatadi. Korxona rahbari yoki mutaxassis tadbirkorlik va tashabbuskorlik «ruhiga» ega bo`lmasa, demak, u bo`sh yoki yomon xodim, xizmatda belgilangan soatlarni o`tkazib o`tiruvchi shaxs hisoblanadi.
«Bozor tadqiqoti va tahlili» bo`limida tanlangan bozor asoslab beriladi, xaridorlarni korxona mahsulotlariga jalb etuvchi raqobatchilik usullari hamda bozorda bahoni shakllantirish va hokazolar ko`rib chiqiladi.
Marketing rejasining asosiy vazifasi korxonaning bozordagi imkoniyatlariga baho berishdadir. Marketing rejasining asosiy elementlari sifatida tovarlarni tarqatish tizimi, bahoni shakllantirish, reklama, savdoni rag`batlantirish usullari, sotilgandan keyingi xizmat ko`rsatishni tashkil qilish, korxona (firma) va uning mahsulotlari haqida jamoatchilik fikrini shakllantirish kabilarni ko`rsatib o`tish mumkin.
«Tavakalchilik va sug`urtalashni baholash» bo`limi ikki qismga bo`linadi. Birinchi qismda tavakkalchilikning barcha turlari (yong`in, zilzila, soliqni boshqarishdagi o`zgarishlar va valyuta kursining tebranishi) oldindan hisoblab chiqiladi. Ikkinchi qismda esa tavakkalchilik xavfining oldini olish, ya`ni tavakkalchilik va zararlarni qisqartirish chora-tadbirlari ko`rsatiladi, shuningdek, tavakkalchilik xavfidan sug`urtalash dasturi amalga oshiriladi.