Tajriba ishi № 5
SANOAT KORXONALARI VA SHAXARLARNING ELEKTR TARMOQLARIDA NOSINUSOIDAL REJIMLARINI TEKSHIRISH
Ishning maqsadi: Kondensator qurilmalarning quvvatini ta’minlovchi (quvvat) tarmoq kuchlanishi va yuklama tokining burchak o‘zgarishi bo‘yicha avtomatik rostlash sxemasini o‘rganish.
Nazariy qism.
Kondensator qurilmalarini quvvatini avtomatik boshqarish xalq xo‘jaligida katta unum beradi, chunki ularni avtomatik boshqarish elektr energiyani tejash va kuchlanishni rostlash bilan elektr energiyaning sifatini yaxshilanishini oshishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Kondensator batareyalarni avtomatik boshqarishda, avvalom bor korxonani elektr ta’minotida ish rejimlarni o‘rganib chiqish va aktiv reaktiv quvvatlar iste’moli grafiklarini qurishdan iboratdir. Reaktiv quvvatni talab qiladigan individual ite’molchilarni yoki gurux iste’molchilarini umumiy qabul qiladigan reaktiv quvvati aniqlanib, shunga mos ravishda komplekt kondensator batareyalar tanlanadi. Ularni avtomatik boshqarish esa ma’lum paytlarda distansion ishga tushirishdan ko‘ra yuqori effekt beradi. Kondensator batareyalarni rostlash bir pog‘onali yoki ko‘p pog‘onali bo‘lishi mumkin.
Bir pog‘onali rostlashda bir paytda kondensator batareyalar ulanib yoki o‘chiriladi. Ko‘p pog‘onali rostlashda esa kondensator batareyalarni pog‘onama-pog‘ona, birin-ketin ulab yoki o‘chirib boriladi. Bir pog‘onali boshqarish quvvati katta bo‘lgan iste’molchilar uchun qo‘llanilib ularga bo‘lak holatda kondensator batareyalar tanlanadi.
Ko‘p pog‘onali boshqarishda esa butun bir sex podstansiyasidan ta’minlanuvchi iste’molchilar uchun umumiy holda katta quvvatli kondensator batareyalar tanlanib, ular generatsiya qiladigan quvvatlari birin-ketin iste’molchilarga oshib borish tartibda ulanib boriladi, yoki o‘chirilib boriladi.
Bir pog‘onali rostlash sodda, ixcham, kommutatsiya apparatlar ham kam ishlatiladi. Ko‘p pog‘onali boshqarishda esa sxema murakkablashib borib, kommutatsiya apparatlarni soni ham oshib boradi.
Ularni umuman boshqarishga kelganda kondensator batareyalarning quvvatini avtomatik, qo‘l yordamida dispetcherlik punktida telemexaniqa qurilmalari yordamida boshqarish turlari mavjud. Qo‘l yordamida boshqarishda navbatchi reaktiv quvvat iste’molini nazorat qilib, kerak bo‘lgan paytlarda kondensator batareyalar ulab o‘chirib turiladi. Despetcherlik boshqarishda esa dispetcher telemexaniq qurilmalar yordamida kompleks ravishda kondensator batareyalarning quvvatini boshqarib turadi. Sanoat korxonalarida eng tejamli ishlaydigan rejim, bu avtomatik boshqarish rejimi bo‘lib kondensator batareyalarni tarmoqqa avtomatik ravishda kerak bo‘lganda ulab va aksincha o‘chirib turadi.
Kondensator batareyalarni quvvatini rostlashni kuyidagi turlari mavjud:
a)Kunning vaqtlari bo‘yicha,
b)Kuchlanishi bo‘yicha,
v)YUklama toki bo‘yicha,
g)Quvvat koeffitsienti bo‘yicha,
d)Reaktiv quvvat qiymati va yo‘nalishi bo‘yicha,
e)Kunni vaqti, kuchlanishi va reaktiv quvvat yo‘nalishi bo‘yicha,
j)YUklama toki va ta’minlovchi tarmoq kuchlanishi bo‘yicha.
Avtomatik boshqarish uchun tanlanadigan kondensator batareyalarni reaktiv quvvati sanoat korxonalarida quvvat koeffitsienti normasi asosida quyidagicha aniqlanadi.
Qku =R (tgj1 - tgjn)
bunda, Qku -kompensatsiya qilinishi shart bo‘lgan KB ni reaktiv
quvvati Q – [kVar] ;
R - hisobiy aktiv quvvat [kVt].
tgj1 - qurilma eki qurilmalar guruhini ishlab turgan
holatidagi reaktiv quvvat koeffitsienti.
tgjn – 0,327 bu esa sosj = 0,95 vaqtda normativ bo‘yicha
bo‘lgan reaktiv quvvat koeffitsenti.
1)Kunning vaqti bo‘yicha kondensator batareyalarning quvvatini avtomatik rostlovchi qurilmada elektron soat qo‘llanilib berilgan dastur asosida (vaqt bo‘yicha) rostlab turadi.
4.1-rasm. Kondensator batareyalarini kuchlanish bo‘yicha
avtomatik rostlash sxemasi.
2)Kuchlanish bыyicha rostlashda kuchlanish relesi va unga ketma-ket ulangan rezisor kondensator batareyalarning reaktiv quvvatini rostlash ya’ni, kondensator batareyalarni ulab o‘chirishni bajaradi.(4.1.rasm).
3)Kondensator batareyalarni rektiv quvvatini avtomatik rostlash (1RT, 2RT,) tok relelari yordamida yuklama tokining o‘zgarishida ishlaydi.(4.2.rasm)
4.2.rasm. YUklama toki bo‘yicha kondensator qurilmalarini
quvvatini avtomatik rostlash sxemasi.
4)Quvvat koeffitsienti bo‘yicha esa sxemada (qurilmada) bitta kosinusfimetr o‘rnatilgan bo‘lib, sosj ni minimal qiymatida qurilma ishlaydi va KB ni ishga tushiradi. sinj ni maksimal qiymatida kondensator batareyalarni o‘chiradi.
5)Reaktiv quvvatni qiymati va uni yo‘nalishidan ishlovchi quvvat relesi (RM) dan foydalaniladi. Bu rele qurilmani ishlatib KB ulash va o‘chirishni boshqaradi.
6)Kombinatsiyalangan, ya’ni kunni vaqti, kuchlanishi va reaktiv quvvat yo‘nalishi bo‘yicha ishga tushadigan qurilma bo‘lib, bu qurilma uchala parametrda ham ishlashga asoslangan. Bunda elektron soat, kuchlanish relesi va quvvat relelari qo‘llanilgan.
7)YUklama toki va ta’minlovchi kuchlanish orasidagi burchak siljishi bo‘yicha ishlaydigan holat boshqarishda yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagich ya’ni tiristor qo‘llanilib, tiristorni boshqarish signali ta’minlovchi tarmoq kuchlanishi yo‘nalishi bilan mos tushganda yarim davrni o‘tkazadi.
SHunday qilib, tiristorning boshlang‘ich fazasi signalini o‘zgartirish bilan chiqishdagi kuchlanish qiymatini o‘zgartirib olish mumkin. Tiristorning bu xususiyati yuklama toki va tarmoq kuchlanishi orasidagi burchak siljishi bo‘yicha kuchlanish qiymatini o‘zgartiruvchi qurilmani yaratish imkonini beradi. Bu qurilma asosan ikki blokdan iborat bo‘lib - biri sezuvchi, ikkinchisi esa bajaruvchi hisoblanadi.
4.3-Rasm. Kondensator batareyalarining reaktiv quvvatini
tarmoq kuchlanishi va yuklama toki orasidagi faza
siljishi bo‘yicha avtomatik boshqarish sxemasi.
Sxema quyidagi tartibda ishlaydi. Agar iste’molchi induktiv xaraktyerda bo‘lsa, yuklama toki va ta’minlovchi kuchlanish orasidagi burchak katta bo‘ladi va mos ravishda tiristorning chiqishida kuchlanish o‘zgaradi. Bu o‘zgarishni ossillograf yordamida R2 qarshilikda qurishimiz mumkin. Undagi xarakteristika quyidagicha bo‘ladi.
4.4.-Rasm Kondensator batareyalarning quvvatini avtomatik
rostlovchi qurilmasining U1 va U2
kuchlanishlarining ossillogrammasi.
a) Tarmoq kuchlanishi.
b) R2 qarshilikdagi (tiristordan o‘tuvchi) kuchlanish.
Bu holatda kuchlanish relesi KV ishlaydi va o‘z navbatda vaqt relesi KT-1 ni ishga tushiradi. Vaqt relesi esa ma’lum vaqtdan keyin oraliq relega buyruqni beradi. Oraliq rele kondensator batareyani magnitli ishga tushirgich yordamida tarmoqqa ulaydi. Agarda yuklama aktiv xarakterga ega bo‘lsa yuklama toki va ta’minlovchi kuchlanish orasidagi burchak siljish kichik bo‘ladi va tiristor yopiladi. Kuchlanish relesi oldingi holatiga qaytadi va vaqt relesi KT-2 ishga tushib, ma’lum vaqtdan so‘ng kondensator batareyalarni o‘chiradi (oraliq rele yordamida magnitli yuritgichni o‘chiradi).
Ishni bajarish tartibi .
1. Kondensator batareyalarning quvvatini yuklama toki va ta’minlovchi kuchlanishi burchak siljishi bo‘yicha rostlovchi qurilma sxemasi yi\iladi. (4.1 rasm)
2. Sxemani bosh avtomatik o‘chirgich ulanishdan oldin ko‘zdan kechirilib so‘ng 3 fazali manbaga ulanadi.
3. Kondensator batareya zanjiriga va boshqarish sxemasiga kuchlanish kelib turganligi tekshiriladi.
4. Ishchi avtomatik o‘chirgich ulanadi va dvigatelni ishlashi kuzatiladi.
5. Kondensator batareyalarni ulanganligi kuzatiladi.
6. R2 qarshilikdagi kuchlanish o‘lchanadi va ossillogrammasi kuzatiladi.
7. Tiristorning ochiq holatdagi burchagi aniqlanadi.
8. Ishchi avtomatik o‘chirgich o‘chirilib dvigatelni zanjiriga qo‘shimcha reostat ulanadi va yana ishchi avtomatik o‘chirgich qo‘shiladi.
9. Reostat yordamida yuklama o‘zgartirilib tiristorning ochilib yopilishi kuzatiladi.
10.Tiristorning ochilib yopilishidagi ossillogrammalar kuzatiladi.
11. Ossillogrammalar olinadi va o‘lchangan kattaliklar jadvalga yoziladi.
Eksperimental ishlarni hisoblash metodikasi.
Kompensatsiya qilingan reaktiv quvvat yordamida kondensator batareyani si\imi aniqlanadi.
[mkF]
bunda Qku - generatsiya qilinaetgan reaktiv quvvat [kVar]
U2 – liniya kuchlanishi [kV].
w - burchak tezligi 1/s
S – sig‘im 3 faza uchun [mkF]
Kondensator batareyani reaktiv quvvati quyidagicha aniqlanadi.
[kVar]
4.1 – javdal
T/r
|
KB ulanguncha
|
KB ulanganda
|
|
U
V
|
D U
V
|
I
A
|
S
VA
|
R
Vt
|
Q
Var
|
U
V
|
DU
V
|
I
A
|
S
VA
|
R
Vt
|
Q
Var
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Reaktiv quvvat koeffitsientini aniqlaymiz.
Kompensatsiyagacha:
Kompensatsiyadan keyin:
Hisobotni bajarish tartibi.
Avtomatik boshqarish haqida qisqacha ma’lumot.
Olingan natijalar asosida jadval.
Kondensator batareyalar ulangandagi va o‘chirilgan holatdagi xarakteristikalar.
tgj (tangens fi) ni o‘zgarishi.
Nazorat savollari
YUklama toki va ta’minlovchi kuchlanish orasidagi burchak siljish bo‘yicha avtomatik boshqarish haqida nimani bilasiz?
Tiristorning ish rejimini tushuntiring.
Tiristorlarning qo‘llanilishi haqida ma’lumot bering.
Dostları ilə paylaş: |