Nazorat savollari 1. Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlari, ularni toifalarga bo’lish usullari?
2. Ekologik identifikatsiya nima?
3. Ekologik xavfli ishlab chiqarish toifalarini ayting?
3- ma’ruza Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarida yuz berishi mumkin bo’lgan avariya holatlarini oldindan tahlil qilish va yetarli darajada avariya holatlarini oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti bo‘yicha uning sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Mazkur komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
hududida xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sug‘urta, uskunalarni tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari, shuningdek boshqa tashkilotlar va davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va holatlari, yetkazilgan zarar miqdori, sanoat xavfsizligi talablarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yo‘l qo‘ygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun ko‘rilgan choralar hamda bunday avariyalarning oldini olishga qaratilgan takliflar ko‘rsatiladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.