Sanoat va ekologik xavfsizlik


Energetikani ekologizasiyalash tadbirlari



Yüklə 452,5 Kb.
səhifə25/43
tarix15.10.2023
ölçüsü452,5 Kb.
#130300
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Energetikani ekologizasiyalash tadbirlari Ma’lumotlarga ko`ra yaqin kelajakda jahon energobalansida issiqlik elektr stansiyalari etakchi o`rinni egallab turadi. Organik yoqilg`ilarning yangi-yangi zaxiralari topilayotganligi ular hali beri o`z o`rnini boshqa energiya tashuvchilarga bo`shatmasligidan darak beradi. Shuning uchun ham IES
larda bajariladigan ekologik tadbirlar alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlar servotexnologiyani rivojlantirishga qaratilgan bo`lib, ular asosan quyidagilardan iborat:
1. Changgaztutgich qurilmalarining quvvatini oshirish va ularning sifat ko`rsatkichini yaxshilash. Hozirgi vaqtda AQSH va Yaponiyaning ba’zi issiqlik elektr stansiyalarida oltingugurt angidridi, azot oksidi va boshqa zararli aralashmalarni to`liq tutib qolib, zararsizlantirishga erishilgan. Buning uchun maxsus desulfurasion (oltingugurt II va III oksidini zararsizlantirish) va denitrifikasion (azot oksidlarini zararsizlantirish) qurilmalar o`rnatilib ishga tushirilgan;
2. Tabiiy gaz zaxiralari etarli bo`lgan hududlarda IES larni gaz yoqilg`isiga o`tkazish. O`zbekistonning IES larida yonilg`ining 80 % tabiiy gaz, qolganini toshko`mir va mazut tashkil qiladi.
3. Yonish jarayoniga qo`shimcha havo oqimi yuborish bilan yonish effektini oshirish. Bunda havoga chiqadigan qurum va boshqa qattiq chiqindilar miqdori kamayadi.
4. IES larda ishlatilgan suvning 95 % isigan va turli mahsulotlar bilan ifloslangan oqava xolida chiqariladi. Bu oqavalarni tozalab, ish jarayoniga qaytarish.
5. Elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko`proq ekologik toza energo- tashuvchilardan foydalanish. Bular qatoriga vodorod yoqilg`isidan foydalanish, shamol elektr stansiyalari, quyosh fotoelektrik stansiyalari tizimini kengaytirish va shu kabi ishlar kiradi.
Elektr energiya hosil qilishda AES lar, shamol, to’lqin, qalqish, geotermal, quyosh elektr stansiyalarining ham ahamiyati katta.Ammo bizning mamlakatimizda ularning ahamiyati uncha katta emas. Respublikamiz bitmas-tuganmas quyosh energiyasiga boy. Undan foydalanishda yirik ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Shulardan eng yirigi Parkent tumanida joylashgan Markaziy Osiyoda yagona bo’lgan “Fizika-Quyosh” inshootidir. Atom energetikasi borasida ham Toshkent shahri yaqinidagi Ulug’bek shaharchasida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Ammo, O’zbekistonda yaqin kelajakda AES lardan foydalanish rejalashtirilmagan. Mamlakatimizda elektr energiyasini hosil qilish, undan foydalanish ishlariga o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida kirishilgandi. O‘zbekistondagi birinchi gidroelektrostansiya — Bo‘zsuv GESi 1926 yilning 1 mayida foydalanishga topshirilgan. Shundan so‘ng, tez orada Bo‘rjar GESi, Oqqovoq, Farhod, Chorvoq GESlari ishga tushirilib, Toshkent GESlari kaskadi vujudga keladi. Shuningdek, Angren, Toshkent, Taxiatosh va boshqa o‘nlab issiqlik elektr stansiyalari bunyod etiladi.

Yüklə 452,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin