Sanoat va ekologik xavfsizlik


Bioenergetika va uning istiqbollari



Yüklə 452,5 Kb.
səhifə28/43
tarix15.10.2023
ölçüsü452,5 Kb.
#130300
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43
Bioenergetika va uning istiqbollari.
O’simliklar, qishloq xo’jalik chiqindilari, shaharning chiqindilari-bularning hammasi biologik massadir. Biosferada chiqindilar miqdori 800 milliard tonnani tashkil qiladi. Buning ustiga har yili ularning 200 milliard tonnasi qayta tiklanadi (bu 100 milliard tonna heft demakdir). Albatta, biomassa hech qachon neft va boshqa qazib olinadigan yoqilg’ilar turlarining o’rnini to’liq almashtira olmaydi. Biroq qo’shimcha ekologik toza, doimiy qayta tiklanadigan energiya manbai sifatida energetikada o’z o’rnini egallaydi. Oldindan qilingan hisob-kitoblarga ko’ra, faqat mustaqil davlatlar hamdo’stligida har yili ishlab chiqariladigan chiqindilardan 100 million tonna shartli yoqilg’iga ekvivalent biogaz (70% metan va 30% uglerod (IV)-oksididan iborat) olish mumkin. Bundan tashqari, 6,25 million tonna azot, 3 million tonna fosfor va 7,5 million tonna kaliy oksidini mineral tuzlar ko’rinishida olish mumkin. Biogaz olish juda istiqbolli. Undan yoqilg’i sifatida kompleks foydalanish mumkin. Biogaz qurilmasi qanday ishlaydi? Fermalarning go’ngi maydalovchi apparatga solib maydalanadi va issiqlik almashuvchi (teploobmennik) yordamida 35-40 darajaga isitiladi. So’ng biomassa nasos yordamida bijg’itish idishga uzatiladi. Bu idishda biomassa 3- 4 sutkada 35- 42 darajada bijg’itish jarayoniga uchratiladi, natijada biogaz hosil bo’ladi. Biogaz olish bilan parrandachilik fabrikalari va mol fermalaridan chiqadigan qo’lansa hid yo’qotiladi, go’nglarni pashsha, qurt-qumursqalar bosib ekologik muammolar yuzaga kelishiga chek qo’yiladi. Hosil qilingan biogazdan parrandachilik fabrikalarida ferma binolarining suv isitish qozonlarini isitishda yoki ichki yonuv dvigatellarda foydalanish mumkin. Chiqindilardan biogaz olish atrof-muhit muhofazasidagi qator muammolarni yechishga imkon beradi. Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSH) energetika balansining 3 % ini, Germaniya va Angliya energetika balansining 2,5% ini biomassa energiyalari tashkil qiladi. Xitoyda 7 millionta biogaz olinadigan qurilmalar ishlab turibdi va yiliga 100 milliard metr kub gaz ishlab chiqaradi, bu 100 million tonna shartli yoqilg’iga ekvivalent. Axlatxonalarda hosil bo’ladigan biogaz 45-65% metan va korroziya-tajovuzkor birikmalar tutgan bo’ladi. Biogazlarni quvurlar orqali sanoat iste’molchilarga yetkazilib beriladi yoki quvvati 1-2 MVt bo’lgan gaz turbinalarida foydalaniladi. Buyuk Britaniyada taxminan 20 ta axlatxonadan biogaz ishlab chiqariladi, ulardan 8 tasidan energiya ishlab chiqariladi. Fransiyada hozircha dunyoda yagona qattiq chiqindilarni sanoat miqyosida uzluksiz metanga aylantiradigan zavod ishlab turibdi. Yiliga 110 ming tonna chiqindini qayta ishlab, 13,6 million metr kub metan, shuningdek 36 ming t

Yüklə 452,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin