Nazorat savollari: «Ekologik ekspertiza to’g’risida» qonuni?
Ekspertizaning asosiy vazifasi?
12-ma’ruza Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonuni. Reja: Xavfli ishlab chiqarish ob’yektlarining sanoat xavfsizligi to’g’risidagi qonuni haqida
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 29-iyunda qabul qilingan
Senat tomonidan 2006-yil 25-avgustda ma’qullangan
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi (bundan buyon matnda sanoat xavfsizligi deb yuritiladi) sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari Sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Sanoat xavfsizligi. Avariya va noxush hodisa Sanoat xavfsizligi shaxs va jamiyat hayotiy muhim manfaatlarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalar va noxush hodisalardan hamda ularning oqibatlaridan himoyalanganlik holatidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya inshootlar va (yoki) xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining buzilishi, nazorat qilib bo‘lmaydigan portlash va (yoki) xavfli moddalar ajralib chiqishidir.
Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi noxush hodisa xavfli ishlab chiqarish obyektlarida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarining ishdan chiqishi yoki shikastlanishi, texnologiya jarayoni rejimidan chetga chiqish, sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek, normativ texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarning buzilishidir.