Sanoat va ekologik xavfsizlik


-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasini tuzish



Yüklə 452,5 Kb.
səhifə13/43
tarix15.10.2023
ölçüsü452,5 Kb.
#130300
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
17-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasini tuzish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan hollarda va tartibda xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasi tuziladi.
18-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazorati
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot belgilangan sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan ishlab chiqarish nazoratini tashkil qilishi va amalga oshirishi shart.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi
Aholini va hududlarni xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariyalardan muhofaza qilishni ta’minlash hamda davlat organlarini, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini va aholini sanoat xavfsizligining holati to‘g‘risida xabardor etish maqsadida xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqadi.
Ushbu Qonun 4-moddasi 1-bandining ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan xavfli moddalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan eng yuqori normaga teng yoki undan ortiq miqdorlarda ishlab chiqariladigan, foydalaniladigan, qayta ishlanadigan, hosil qilinadigan, saqlanadigan, tashiladigan, yo‘q qilinadigan xavfli ishlab chiqarish obyektlari uchun sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini ishlab chiqish shart.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya xavfiga berilgan har tomonlama bahoni, avariyaning oldini olish, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga, shuningdek avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatishga tayyorligini ta’minlash yuzasidan ko‘rilgan choralarning qay darajada yetarli ekanligining tahlilini o‘z ichiga olishi kerak.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari tarkibida ishlab chiqiladi hamda xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq faoliyatga litsenziya olish uchun murojaat qilingan, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasidagi ma’lumotlar o‘zgargan yoki sanoat xavfsizligi talablari o‘zgargan taqdirda, sanoat xavfsizligi deklaratsiyasiga aniqlik kiritiladi yoki u yangidan ishlab chiqiladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini tasdiqlagan rahbari undagi ma’lumotlarning to‘liqligi hamda ishonchliligi uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda ishlab chiqiladi va davlat organlariga, jamoat birlashmalariga hamda fuqarolarga taqdim etiladi.
20-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni majburiy sug‘urta qilish. Ish beruvchining javobgarligi
Xavfli ishlab chiqarish obyektida avariya yuz bergan holda boshqa shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i va (yoki) mol-mulkiga hamda atrof muhitga zarar yetkazganlik uchun javobgarlik qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda majburiy sug‘urta qilinishi kerak.

Yüklə 452,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin