Sanoat va ekologik xavfsizlik



Yüklə 452,5 Kb.
səhifə29/43
tarix15.10.2023
ölçüsü452,5 Kb.
#130300
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43
Nazorat savollari:
1.Issiqlik elektr stansiyalari haqida ma’lumot?
2.Bioenergetikani vazifasi?
3.Shamol energiyasi haqida ma’lumot?


10-ma’ruza
Zaharli va radioaktiv chiqindilarni ekologik xavfliligi va ularni bartaraf etish yo’llari
Reja:

1. Radioaktiv nurlanishlar va ularning xossalari

2. Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta'siri


Kalit so’zlar: Kristallsimon modda, ionlashgan nurlar, rentgen nurlar, gamma nurlar, alfa va beta nurlar,
Bir qancha ilmiy-tekshrish muassasalarida va sanoat korxonalarida har xil maqsadlar uchun radioaktiv moddalardan foydalaniladi.
Masalan, mashinasozlik sanoatida radioaktiv moddalardan quyma detallardagi kamchiliklarni va payvand qilingan joylarning va detallarning sifatini aniqlashda keng qo'llaniladi.
Kristallsimon moddalarning tarkibini tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilish va avtomatlashtirishda ham radioaktiv nurlar yaxshi natija beradi.
Ionlashgan nurlar inson organizmiga zararli ta'sir ko'rsatib, og'ir kasalliklarning kelib chiqishiga sababchi bo'lishi mumkin. Uning ta'sirida inson og'ir kasallik hisoblanadigan nur, oq qon kasalligi va har xil xavfli shishlar, teri kasalliklariga duchor bo'lishi mumkin. Shuningdek, ionlashgan nurlar ta'sirida genetik ta'sirlanish, ya'ni keyingi avlodlarga ham ta'sir ko'rsatuvchi nasliy kasalliklar kelib chiqishi mumkin.
Radioaktiv nurlarning eng xavfli joyi shundaki, inson organizmida bu kasallik yaqqol namoyon bo'lguncha hech qanday belgiga ega bo'lmaydi. Aniqlangandan keyingi holat esa nihoyatda og'ir bo'lishi va ko'pincha o'lim bilan tugashi mumkin.
Radioaktiv moddalar bilan ishlaganda ishni to'g'ri tashkil qilish va muhofaza chora-tadbirlarini qo'llash xavfsizlikni ta'minlaydi.

Yüklə 452,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin