Sanoat va ekologik xavfsizlik


-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati



Yüklə 452,5 Kb.
səhifə39/43
tarix15.10.2023
ölçüsü452,5 Kb.
#130300
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
12-modda. Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati sanoat xavfsizligi talablarining xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan bajarilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi.
Sanoat xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
13-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalarini sertifikatlashtirish.
Xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligi jihatidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiy sertifikatlashtirilishi kerak.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 10 — 14-moddalari.
14-modda. Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
Sanoat xavfsizligi sohasidagi faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 410-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi Nizom.
15-modda. Sanoat xavfsizligi ekspertizasi
Sanoat xavfsizligi ekspertizasi ekspertiza obyektining unga nisbatan qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholashdir.
Quyidagilar belgilangan tartibda sanoat xavfsizligi ekspertizasidan o‘tkazilishi kerak:
xavfli ishlab chiqarish obyektini qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik jihatdan qayta jihozlash, konservatsiyalash va tugatishga doir loyiha hujjatlari;
xavfli ishlab chiqarish obyektida qo‘llaniladigan texnika qurilmalari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidagi binolar va inshootlar;
sanoat xavfsizligi deklaratsiyasi va xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanish bilan bog‘liq boshqa hujjatlar.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini uni o‘tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiyaga ega bo‘lgan tashkilotlar xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanayotgan yoki undan foydalanishni mo‘ljallayotgan tashkilot mablag‘lari hisobidan o‘tkazadi.
Ekspertiza xulosasi sanoat xavfsizligi ekspertizasining natijasidir.
Sanoat xavfsizligi ekspertizasini o‘tkazish va ekspertiza xulosasini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(15-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-373-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)

Yüklə 452,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin