Sanoat va ekologik xavfsizlik


-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish



Yüklə 452,5 Kb.
səhifə40/43
tarix15.10.2023
ölçüsü452,5 Kb.
#130300
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
16-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi har bir avariyaning vujudga kelishi fakti bo‘yicha uning sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish maxsus vakolatli davlat organining vakili boshchilik qiladigan komissiya tomonidan o‘tkaziladi. Mazkur komissiya tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
hududida xavfli ishlab chiqarish obyekti joylashgan mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari;
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot vakillari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa tashkilotlar vakillari.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiya tekshiruvga sanoat xavfsizligi, qidiruv, loyihalash, ilmiy-tadqiqot ishlari, sug‘urta, uskunalarni tayyorlash sohasidagi va boshqa sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot va uning xodimlari, shuningdek boshqa tashkilotlar va davlat organlari o‘z vakolatlari doirasida xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshiruvchi komissiyaga uning o‘z vakolatlarini amalga oshirishi uchun zarur axborotni taqdim etishlari shart.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilib, unda avariya sabablari va holatlari, yetkazilgan zarar miqdori, sanoat xavfsizligi talablarining yo‘l qo‘yilgan buzilishlari, xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilotning bu buzilishlarga yo‘l qo‘ygan xodimlari, avariyaning kengayib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik va uning oqibatlarini tugatish uchun ko‘rilgan choralar hamda bunday avariyalarning oldini olishga qaratilgan takliflar ko‘rsatiladi.
Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanuvchi tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
17-modda. Xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasini tuzish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan hollarda va tartibda xavfli ishlab chiqarish obyektidagi avariya sabablarini texnik jihatdan tekshirish bo‘yicha davlat komissiyasi tuziladi.

Yüklə 452,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin