Sanoat va ekologik xavfsizlik


O‘zbekistonning ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorligi



Yüklə 452,5 Kb.
səhifə43/43
tarix15.10.2023
ölçüsü452,5 Kb.
#130300
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
O‘zbekistonning ekologiya sohasidagi xalqaro hamkorligi
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yili 2 martda BMTga teng huquqli a’zo bo‘lishi ekologiya sohasidagi xalqaro hamkor­lik uchun ham keng yo‘l ochib berdi. Birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish katta ahamiyaga egadir. Ayniqsa, Orol va Orolbo‘yidagi ekologik muammolar Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlarning diqqat markazida bo‘lib, ushbu yo‘nalishda turli tadbirlar o‘tkazildi va amalga oshirilmoqda. Orolbo‘yi aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish hamkorlikning asosiy masalalaridan hisoblanadi.
Jahon Banki, Evropada havfsizlik va hamkorlik tashkiloti (EXXT) va boshqalar O‘zbekistondagi ekologik muammolarni hal qilish ishiga katta hissa qo‘shmoqdalar. O‘zbekistondagi Ekologiya va salomatlik fondi- "Ekosan", nodavlat tashkilotlari ekologik muammolarni hal qilishda, xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish ishiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDX) mamlakatlari qelishuviga binoan ekologiya sohasidagi hamkorlik 1992 yil tuzilgan Davlatlararo Ekologik Ittifoq (DEI) orqali amalga oshiriladi. Ekologiya va tabiatni muhofoza qilish muammolarini hal qilishda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari, Osiyo, Evropa, Amerika va Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirmoqda. Xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda ekologik ta’lim va tarbiyani rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi 1985-yilgi ozon qatlamini ximoya qilish bo‘yicha Vena konvensiyasi, 1987-yilgi ozon qatlamini emiruvchi birikmalar bo‘yicha Bayonnoma (Monreal), 1989-yilgi (Bazel) xavfli chiqindilarni chegaralararo tashishni nazorat qilish konvensiyasi, 1992-yilgi Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi konvensiya, Kioto Bayonnomasi(1998), Cho‘llashishga qarshi kurash (1992), Biologik xilma-xillikni saqlash(1993) kabi o‘nga yaqin konvensiyalarga qo‘shilgan. Ushbu yo‘nalishda faol harakatlar amalga oshirilmoqda. Ekologiya va tabiatni muhofazasi sohasidagi har qanday davlatlararo hamkorlik ekologik vaziyatni mahalliy, milliy, regional va global darajada yaxshilashning asosidir.
Nazorat savollari:
1.Umumbashariy muammolar?
2.Stokgol’m konferensiyasi?
3.Ozon qatlamini yemiruvchi moddalrga nimalar kiradi?




Yüklə 452,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin