Sarbast (fors ozod, erkin) oʻzbek sheʼriyatidagi 3 sheʼriy tizimning biri. 20-30y larda, yangi badiiy izlanishlar jarayoni kechgan bir vaqtda turk, tatar va rus sheʼriyati taʼsirida oʻzbek adabiyotiga kirib kelgan
Sarbast (fors. — ozod, erkin) — oʻzbek sheʼriyatidagi 3 sheʼriy tizimning biri. 20—30y.larda, yangi badiiy izlanishlar jarayoni kechgan bir vaqtda turk, tatar va rus sheʼriyati taʼsirida oʻzbek adabiyotiga kirib kelgan. Oʻrta asrlardagi diniyliturgiya sheʼriyatiga xos boʻlgan ozod sheʼr shakli dastlabki nemis romantiklari, U. Uitmen va fransuz simvolistlari tomonidan qayta tiklanib, 20-asr jahon sheʼriyatida ommaviy tuye olgan. Fransuz sheʼriyatida "verlibr", rus sheʼriyatida "svobodniy stix" deb atalgan bu sheʼr shakliga oʻzbek shoirlari "S." deb nom berdilar. Barmoq sheʼr tizimining koʻrinishlari boʻlgan oq sheʼr va erkin sheʼrdan farqli oʻlaroq, bu sheʼr shakllariga xos ritmik birlik, vazn, qofiya, turok, va boshqa unsurlarga ega emas. S.da histuygʻuning obrazlashgan ifodasi boʻlishi, sheʼriy ohang (intonatsiya), soʻz va iboralarning oʻziga xos qurilishi, sheʼriy sintaksis va sheʼriy sanʼat vosita (takror, akstakror, tovush tovlanmalari va boshqalar)laridan mahorat bilan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Sheʼriy nutqning bunday unsurlari mazmun bilan uygʻun boʻlgan holdagina S. emotsional taʼsir kuchiga ega boʻladi. Oʻzbek sheʼriyatida Oybek, Mirtemir, Rauf Parfi, Shavkat Rahmon, Usmon Azim kabi shoirlar S.ning yorqin namunalarini yaratganlar.
Ad..Mamatova A. N., Oʻzbek sheʼriyatida sarbast, T., 2000.[1]