Save tugmasidan foydalaniladi. Avval saqlangan hujjat ustida ishlanayotganda Save



Yüklə 16,78 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü16,78 Kb.
#138438
5-A SINF


Save tugmasi
Hujjatga matn kiritishni yakunlagach, mehnatingiz natijasini saqlash yoddan
chiqmasin. Bu hujjatdan kelgusida qayta foydalanishga imkon beradi.
Hujjatni saqlash uchun ekranning yuqori chap burchagidagi Save
tugmasidan foydalaniladi.

Avval saqlangan hujjat ustida ishlanayotganda Save tugmasi bosilsa,


kiritilgan o‘zgarishlar saqlanadi.
Agar hujjat birinchi marta saqlanayotgan boʻlsa, ekranda Save as deb
nomlangan boshqa oyna hosil bo‘ladi.

Kompyuterdan hujjatni saqlash uchun joy tanlanadi. Keyin Enter filename


here maydoniga hujjat uchun mos nom yoziladi. Hujjatlarga mos nom
berish usullari bilan amaliy ko‘nikmalar qismida kengroq tanishasiz.
Hujjat nomi yozilgach, Save tugmasi bosiladi. Microsoft Word ba’zida
hujjatning birinchi qatoridagi matnni hujjatning avtomatik nomi sifatida
ko‘rsatadi. Ushbu taklif etilgan nomni oʻchirib, foydalanish uchun qulayrog‘ini
yozish mumkin.
Hujjat birinchi marta saqlanganidan keyin istalgan vaqtda Save tugmasini
bosish va qayta saqlash mumkin. Bu holatda hujjatni qayta nomlash talab
qilinmaydi.

Hujjatga mos nom berish

Hujjatga qisqa vaqtda va tez topish mumkin bo‘lgan nom beriladi. Demak,


hujjatni ochib tekshirmasdan ham uning ichida qanday ma’lumot borligini
ko‘rsatadigan nom tanlanadi.
Mening_xatim nomli hujjat bu xat ekanini anglatadi, lekin boshqa ma’lumot
bermaydi. Agar hujjatlar ichida koʻplab xatlar saqlangan boʻlsa, ushbu nom
bilan uni qayta topish qiyin boʻladi.
Hujjat nomi:
• juda uzun boʻlmasin;
• hujjatda nima borligini ko‘rsatib tursin;
• probelsiz yozilsin.
Yüklə 16,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin