savod o'rgatish darslarda o'quvchilari ongli o'qishga o'rgatishSHAYBONIYLAR DAVRIDA ME’MORCHILIK TARIXI SHayboniylar davrida ham temuriylar davrida shakllangan me`morchilik an`analari davom etgan. Yirik inshootlar qurilib, shasharlarning kirkiga kirk qishilgan. SHu bilan bo’rga bu davrda me`morchilik san`ati yanada rivojlanib, yangidan-yangi uslublar ishlab chiqilgan va arxitektura yanada rivojlangan. Bu davrda qurilgan epigrafik yodgorliklarning asosiylari quyidagilardan iborat:
Ark qal’asi Eng ko‘hna madaniy meros obyektlaridan biri Ark qal’asi bo‘lib, u qadimda Buxoro shahrining markazi hisoblangan. Buxoro arki milodning boshlarida qurila boshlanib, XVI asrda Shayboniylar sulolasi davrida ansambl holiga kelgan. Ark qal’asining barpo etilishi Eron podshosi va turk ayolining farzandi Siyovush nomi bilan bog‘liqdir. Ma’lumotlarda keltirilishicha, Siyovush Samarqand podshosi Afrosiyobdan yengilgach, shu yerda – Zarafshon daryosining quyi irmoqlaridan birining sohilida to‘xtagan va shaharning yaratilishiga asos solgan. Siyovush Afrosiyob tomonidan o‘ldirilganidan keyin Buxoroning Sharq darvozasi yonida ko‘milgan degan rivoyatlar bor. VII asrda Buxoro hokimi Bidun vayrona holiga kelgan arkni qayta tiklatgan. O‘sha davrda ark oldida katta maydon – registon, uning atrofida savdogar va zodagonlarning yuzlab qo‘rg‘onlari bo‘lgan. Hokim va uning qarindoshlari qo‘rg‘oni yonida asosiy shahar – shahriston joylashgan.
Ko‘plab me’moriy yodgorliklarni o‘zida jamuljam etgan ko‘hna Ark qal’asi ko‘p asrlar mobaynida amirlikning qarorgohi bo‘lib kelgan. Bu yerda amir, uning bosh
vazirlari, harbiy boshliqlar, amirning ko‘p sonli xizmatchilari yashaganlar. Ark
qal’asida hukmdorlar uchun saroy, ko‘rinishxona, masjid va turar-joy binolari bunyod etilgan. Ark qal’asi baland mustahkam peshtoq bilan ulug‘langan. Registon
maydonining salobati hokimiyatning buyukligini ko‘rsatgan, uni bosib olish mumkin emaslik belgisini bildirgan. Uning devorlari tevaragida shahriston joylashgan. Shahristonni savdo-hunarmandchilik maskani – rabot qurshab turgan.
Ark qal’asida Rudakiy, Firdavsiy, Abu Ali ibn Sino, Farobiy, Umar Xayyom
singari ulug‘ insonlar yashab ijod qilganlar. Ark to‘g‘risida Abu Ali ibn Sino quyida keltirilgan fikrni bildirgan: “Men bu yerdagi kutubxonada shunday kitoblarni topdimki, ularni avval ko‘rmaganman va umrimda boshqa ko‘rmadim ham. Men ularni o‘qidim va shundan keyin har bir olimning o‘z fani bo‘yicha o‘rnini angladim. Mening oldimda fanlarning tubidagi shunday eshiklari ochildiki, men ularni tasavvur ham qilolmasdim. Arkdagi kitobxonaning keyingi taqdiri sir bo‘lib qolgan. Kutubxona janglardan birida talab ketilgan bo‘lsa ajab emas”, degan ma’lumotlar bor. Ark qal’asi to‘g‘risida birinchi yozuvlar Abu Baxr Narshaxiyning (899-939- yillar) “Buxoro tarixi” kitobida ham uchraydi. Buxoro podshosi Bidun bu qal’ani qurdi, ammo u tezda buzildi, yana yangidan qurdi, u yana buzildi. Shundan keyin uzoqni ko‘ra biladigan dono kishilarni chaqiradi. Donishmandlar arkni katta ayiq yulduzi shaklida barpo etishni maslahat berdilar. Ark qal’asi ana shu shaklda quriladi, keyin esa u buzilmadi degan ma’lumotlar bor. Ark qal’asi yer ustidagi katta balandlik, u balandligi 20 m cha bo‘lgan tepalik ustiga qurilgan. Ark g‘arbdan sharqqa cho‘zilgan noto‘g‘ri to‘rtburchak shakliga ega. Janubi-sharq burchagi biroz kesilgan. U qadimiy va hamisha navqiron Buxoro shahrining g‘arb tomonida joylashgan. Qal’a devorining uzunligi 789,6 m., balandligi 16-20 m., yer maydoni 3,96 ga ni tashkil etadi. Ark qal’asi bir necha marta ta’mirlangan va qayta qurilgan. Ko‘tarila boruvchi yo‘l (pandus) orqali arkning g‘arb tomonidan ulkan yog‘och darvoza (XVI asr) orqali ichkariga kiriladi. Pandusning uzunligi 20 m ni tashkil etadi. Uning ikki yoni massiv toshli piramida bilan o‘ralgan. Ark qal’asi peshtoqining ikki tarafidagi burchaklardagi minorachalar – “guldastalar” konstruksiyasi va ular oralig‘idagi uch qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dolon – yo‘lakning chap devorida 12 ta va o‘ng
devorida 13 ta taxmon-tokcha joylashgan. Chap tomondagi tokchalarning ba’zilarida zindonga kiradigan eshikchalar bor. “Guldasta”lar tagida xavfli jinoyatchilar saqlanadigan zax va dim yerto‘la – kanaxonalar bo‘lgan. Dolonning o‘ng tomonidagi o‘rta tokchada afsonaviy qahramon Siyovush arvohiga Navro‘z bayramlarida chiroq yoqilgan. Amir saysxonasiga (otxonasiga) ham shu yerdagi zinadan kirilgan (otxona mahbuslar joylashgan xonalar ustida bo‘lgan). Dolondan chiqaverishda to‘pchi boshining mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagidagi yerto‘lada esa qiynoqxona bo‘lgan. Undan sal narida (g‘arbiy burchakda) XVIII asrda peshayvonli Juma masjidi qurilgan. Masjid devorlarini ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qur’on oyatlaridan bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girrix naqshlar bilan bezatilgan. Ark qal’asining shimoli-g‘arb burchagida to‘pchi boshining uyi joylashgan. Masjidning sharq tarafida oshxona, orqa tarafida zarbxona (oltin, kumush va chaqa tangalar zarb qiladigan xona) joylashgan. Zarbxonaning shimoli-sharqida zargarxona, janubida devonbegining mahkamasi va qushbegiga qarashli binolar bo‘lgan (ba’zi binolar hozir ham bor). Juma masjididan boshlangan tor yo‘lak qushbegi hovlisi orqali chorsuga tutashgan. Chorsuning chap tomonida tosh yotqizilgan katta hovli – ko‘rinishxona o‘rnashgan. U yerda elchilar qabul qilingan va amirlarning taxtga o‘tirish marosimlari o‘tkazilgan. Hovliga kiraverishdagi naqshli peshtoq 1605-yilda qurilgan. Hovlining uch quyosh tushar tomoni peshayvon bilan o‘ralgan. Oldingi peshayvonda ikki qator naqshli ustunlar bo‘lib, ularning qoshi pastdan yuqoriga yo‘g‘onlashib boruvchi muqarnaslar bilan bezatilgan. Nurota marmaridan qilingan taxt ana shu ayvondagi taxtiravon tagida turgan. Hovlining janub tomonida Mehmonxonai Rahimxoniy va qorixona qurilgan (XVIII asr). Bu binolar tagida yerto‘lalar bo‘lib, ularda xazina saqlangan. Arkning g‘arb tomonidagi hovlida mirzalar va xizmatchilar uchun ikki qavatli binolar qurilgan. Sal narida salomxona, undan Sharq tomonda mehmonxonalar, mansabdorlarga qarashli boshqa binolar (miyon hovli) joylashgan. Janubroqda hammom, uning Sharq tomonida kichkina masjid qurilgan, ular hozirgacha saqlangan. Arkning markazida o‘rda (amirning xotinlari turadigan uylar), shimolida qushbegi xotinlari turadigan uylar joylashgan. Hammomning sharqida duxtarxona – amir haramidagi qizlar uylari o‘rnashgan. Shimoli-sharqiy burchakda Chil duxtaron masjidi va Battol g‘ozi mozori bo‘lgan. Arkning sharqiy devori bo‘ylab g‘ulombachchalar (soqchilar) xonasi, janubi-sharqiy burchakda dorixona (o‘q-dorilar xonalari) joylashgan. Hozirgi paytda bu binolarning taxminan 20%i saqlangan. Arkning g‘arbiy devoridan boshqa hamma devorlari va ularning burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. Ark ansambli mustaqillik yillarida so‘nggi bor restavratsiya qilingan. Agar Buxoro shahrining me’moriy yodgorliklarini o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, ishni Ismoil Somoniy maqbarasi (IX-XII asrlar) bilan tanishishdan boshlagan ma’qul. Ushbu maqbara Buxoro Arkining g‘arb tomonida, undan uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan. 1993-yilda Buxoro shahrining tarixiy markazi (1-sessiya, Kolumbiya) “Butunjahon madaniy meroslari ro‘yxati”ga kiritilgan.