Savod o'rgatish darslarda o'quvchilari ongli o'qishga o'rgatishshayboniylar davrida me’morchilik tarixi



Yüklə 35,6 Kb.
səhifə5/7
tarix09.03.2023
ölçüsü35,6 Kb.
#123911
1   2   3   4   5   6   7
SHAYBONIYLAR DAVRIDA ME\'morchlik

MODARIXON MADRASASI
Buxorodagi Modarixon madrasasi Abdullaxon II tomonidan o‘z onasiga qurdirgan inshoot hisoblanadi. Uning qurilishiga homiylik qilgan Abdullaxon II (to‘liq ismi: Abdulla ibn Iskandarxon ibn Jonibek sulton ibn Xoja Muhammad ibn Abdulxayrxon) (1534, Miyonqol, Ofarinkent qishlog‘i – 1598, Samarqand, Buxoroyaqinidagi Bahouddin majmuasiga dafn etilgan) o‘zbek davlatchiligi tizimidagi Buxoro xonligining shayboniylar sulolasidan chiqqan eng yirik hukmdori (1583-1598), davlat arbobi, sarkarda, ilm-fan, ma’rifat, madaniyat homiysi. Bobosi Jonibek sulton Karmana va Miyonqol hokimi bo‘lgan. Otasi Iskandar sulton o‘g‘li tug‘ilgan paytda Ofarinkentni, keyinchalik Karmanani boshqargan. Abdullaxon II Shayboniyxon vafotidan keyin parchalanib ketgan mamlakat hududini qayta birlashtirish, markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash uchun yoshlik chog‘idan qattiq kurash olib borgan. Uning hukmronligi davrida Buxoroda ilm-fan, san’at, shaharsozlik, adabiyot va shu kabi sohalar gullab-yashnadi.
Madrasa so‘nggi o‘rta asrlarning dastlabki davrida, 1566-1567-yillar oralig‘ida bunyod etilgan. Modarixon madrasasi Abdullaxon madrasasining ro‘parasida joylashgan bo‘lib, ikki inshoot birgalikda Sharq me’morchiligining “qo‘sh” uslubida bunyod etilganligidan dalolat beradi. Me’moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘ishtlar, yog‘och, maxsus “qir” qotishmasi va shunga o‘xshash mahsulotlardan foydalanilgan. Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, inshoot Abdullaxon madrasasi qarshisida bunyod etilgan bu ikkala inshoot qo‘sh Madrasa majmuasini tashkil qiladi. Madrasa devorlarining ikki chekkasi pishiq g‘ishtdan terilgan, o‘rtasi siniq g‘isht bo‘laklari bilan to‘ldirilgan. Madrasa chorsu tarhli (67x45 m), 2 qavatli. Bosh tarzida ulkan peshtoq va uning 2 yonidagi 2 qavatli, oldi ravoqli 3 qismga ajratilgan xonalar oldi handasiy uslubda koshinkori naqshlar bilan bezatilgan. Burchaklarida sirkor g‘ishtlar bilan naqshlangan guldastalar joylashgan. Eshiklarxotamkori uslubida qurilgan. Xonalarning har birida eshik va uning tepasida ganchkori panjara mavjud. Modarixon madrasasining boshqa tomonlari bezaksiz. O‘rtasidagi to‘g‘ri to‘rtburchakli hovli atrofida ayvonli hujralar bor. Bosh tarzidagi miyonsaroy, darsxona va masjid, hovli to‘rining 2 burchagida joylashgan xonalar charxi gumbaz bilan qoplangan. Bag‘allari ganchdan to‘rsimon shaklda ishlangan.
Madrasa Sharq me’morchilik an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan, “Chor” uslubida bunyod etilgan. Uning o‘ziga xos tomoni shundaki, Modarixon madrasasi Abdullaxonning onasi sharafiga qurilgan (nomi ham shundan). Bundan tashqari, madrasaning devor qurilmasi XVI asr Buxoro me’morchiligiga xosligi ham inshootning o‘ziga xos tomonlariga misol bo‘la oladi. Modarixon madrasasida mamlakatimiz mustaqilligigacha va undan keyin bir necha marta ta’mirlash ishlari olib borildi. Bundan tashqari, Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan shahardagi boshqa me’moriy obidalar qatorida Modarixon madrasasining ham ta’mirtalab qismlari qayta rekonstruksiya qilindi. Inshoot atroflari ko‘kalamzorlashtirldi. Inshoot o‘z nomidan ham ma’lumki, ilm maskani, madrasa vazifasini o‘tagan. Madrasa ko‘pgina tolibi ilmlarning ziyo maskani bo‘lgan. Me’moriy obidaga hukumatimiz hamda Xalqaro tashkilotlar tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan bo‘lsak, me’moriy obida YUNESKO tashkilotining Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. 2000-yil 30-avgustda “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. 2008-yil 12-sentabrda “Muzeylar to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Davlatimiz tomonidan qabul qilingan ushbu qonunlar me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.



Yüklə 35,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin