Savod o‘rgatishda mashq turlari. Savod o‘rgatish davrida boshlang’ich yozuvga o‘rgatish



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix27.03.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124438
1   2   3   4   5
Maruza.-6

Tovush ustida ishlash. 1. Tovush tomonidan tahlil qilingan so„zni yoki 
bo„g„inni talaffuz qilish va uni kesma harfdan tuzish (yozish); shu so„z yoki 
bo„g„inni o„qish. 
2. O„rganilgan undosh yoki unli bilan (na, ni, no; la, lo, li; ay, uy, oy, ...) 
bo„g„in jadvalini tuzish; bo„g„in jadvalini kitobdan yoki matndan o„qish; kesma 
harflardan bo„g„in jadvalini tuzish. 
3. Bola-lola-tola, boy-soy-loy, baxt-taxt, ona-ota, mosh-bosh kabi bir undosh 
harf bilan farqlanadigan yoki ona-ana, ukki-ikki, osh-ish kabi bir unli harf bilan 
farqlanadigan so„zlarni o„qish (bunday so„zlarni o„quvchilarning o„zlari topib 
o„qishlari mumkin). 
4. So„zning boshiga yoki oxiriga bir harf qo„shib, yangi so„z hosil qilib 
o„qish: ola-lola, osh-bosh, oy-toy, boy, soy, loy; o‘roqso‘roq; ol-xol, sol; sava-
savat; son-oson; ayiq-qayiq; olti-oltin. 
5. So„z o„rtasiga harf qo„shib, yangi so„z hosil qilib o„qish: ko‘mak-ko‘lmak, 
zjrak-ziyak, tana-tashna, sila-siyla kabi. 
6. Bo„g„inlarni almashtirib yangi so„z hosil qilish va o„qish: Gulnor-Norgul, 
asil-sila kabi. 
7. Tovushlarning o„rnini almashtirib yangi so„zni hosil qilish va o„qish: 
somon-osmon, tilak-kalit, qo‘y- yo‘q. 
8. Tovushni yoki bo„g„inni tushirib qoldirib, yangi so„z hosil qilish va o„qish: 
anor-nor, gulnor-gul, yelkan-yelka, bog‘la-bola. 
9. Bo„g„in qo„shib yangi so„z hosil qilish va o„qish: bog‘-bog‘bon, gul-gulzor, 
paxta-paxtakor. 
Sintetik ishlarning bu usullari tovush ustida ishlashni harf ustida ishlash bilan 
birga qo„shib olib borishni talab qiladi. Bu ish usullari qiziqarli bo„lib, darsda 
yarim o„yin holatini vujudga keltirishga imkon yaratadi. 
Xulosa qilganda, faqat tahlil yoki faqatgina sintez bilan kifoyalanib 
bo„lmaydi, ammo tafakkur faoliyatining u yoki bu turi yetakchi o„rin tutadi. 
O„quvchi so„zni tahlil qilish bilan uni leksik ma‟noga ega boigan bir butunlik 
sifatida anglaydi, bu - sintezdir; so„z sintez qilinganda uning tovush tarkibiga 
diqqat jalb etiladi, bu esa tahlildir. 
Umuman, savod o„rgatish jarayonida analitik-sintetik ishlar tizimi 
bolaning faol fikrlashini ta‟minlaydi. Analitik-sintetik ishlar usuligina 
o„quvchilarning bilish mustaqilligini ta‟minlaydi, „muammoli" vaziyat yaratadi
bolalarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni o„stiradi. 


Tovush-harf tomonidan tahlil va sintezni yengillashtiradigan foydali vositalar 
sifatida kesma harflar, kesma bo„g„inlar va harf terish taxtasi, shuningdek, abak 
(harakat qiladigan lentali ko„rgaz-ma), kadoskop, alifbo multimediyasi va shu kabi 
texnik vositalardan ham foydalaniladi; tovushlarning talaffuzi ustida ishlash uchun, 
shuningdek, yozib olingan ifodali nutqni (asosan, badiiy asarni) takroriy eshittirish 
uchun magnitafon yoki lingofon kabineti xizmat qiladi. 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin