Savollar: Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?



Yüklə 17,13 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü17,13 Kb.
#140839
Savollar Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xu-fayllar.org


Savollar: Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?

1-topshiriq.


212-18 guruh Sadulloyev Muhammad
Savollar:
  1. Shaxs rivojlanishining individual va yosh davrining xususiyatlari?


  2. Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari?


  3. Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?


  4. Tarbiyada oilaviy munosabatlar?


  5. Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?


Javoblar:


Tarbiya jarayoni va tarbiya metodlari
Shaxs tushunchasi insonga taalluqli bo’lib, konkret kishi, ya’ni, muayyan jamiyatning a’zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo’lishi uchun psixik jihatdan rivojlanishi, o’zini yaxlit inson sifatida his etishi, o’z xususiyatlari va sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog’i kerak.
“Individ” nima? Bola ma’lum yoshga qadar “individ” sanaladi. Individ lotincha “individium” so’zidan olingan bo’lib, «bo’linmas», «alohida shaxs», «yagona» ma’nolarini anglatadi.
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat.
Individual yondashuv o’quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo’lgan qiziqish hamda iste’dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega.
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki natijasida shakllana boradi.
Shaxs – muayyan jamiyatning a’zosi bo’lib, u psixologik jihatdan taraqqiy etgan, o’z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarining iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta’riflanadi.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va ma’naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon bo’lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo’nalishi bo’yicha mehnat qilish huquqni kafolatlaydi.
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak bo’ladi. Ana shular ta’sirida odam inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi.
Rivojlanishning o’zi nima?
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga o’tish, yangilanish, yangining paydo bo’lishi, eskining yo’qolib borishi, miqdor o’zgarishining sifat o’zgarishiga o’tishini ta’minlovchi murakkab harakat jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o’rtasidagi kurashdan iboratdir.
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy ta’limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta’sir etadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi.
CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta’sir etadi.
Inson butun umri davomida o’zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq bo’lsa, u jamiyat a’zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida o’ziga munosib o’rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta’siri ostida boradi.
Shaxsning fazilatlarini to’g’ri ko’rish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim.
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal etish uchun uning xulqiga ta’sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur.Tarbiya bolaga samarali ta’sir etishi uchun o’sish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq ya’ni bolani yoshligi tog’ri tomoga yo’nalishda harakatlanadi va aksincha. Shuning uchun yosh avlodni tog’ri tarbiyalash kerak. Bejizga bitta bolaga yeti maxilla ota-ona deyilmagan. Yoshlikda berilgan tog’ri tarbiya natijasida keying rovojlanishlarda bola og’ishmay boradi.
Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya insonning insonligini taʼminlaydigan eng qad. va abadiy qadriyatdir. Tarbiya siz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.
Pedagogik adabiyotlarda " Tarbiya " atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda tarbiya. faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.
Tor maʼnoda tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.
Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining tarbiyasi bilan yetarlicha shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish. toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.
Tarbiyaviy mеtodlar: So`z orqali ifodalash, ko`rgazmalilik, amaliy namuna, rag'batlantirish, jazo uslublari va h.k.
Tarbiya jarayonida an'analar, udumlar, rasm-rusumlar roli. Vatan tuyg'usini shakllantirish, ona tilimizga muhabbat uyg'otish, milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish, ezgulik timsoli bo'lgan yo`lni Ulug`lash, umuminsoniy qadriyatlarga, millatlararo totuvlik, bag'rikеnglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg'or madaniyatni shakllantirish, dinning dunyoviylik bilan qarama-qarshi emasligini anglash, huquqiy madaniyat-sog'lom dunyoqarashning muhim omili ekani to`g`risidagigi ma'lumotlarni ko`paytirish, ma'rifatning shahs intеllеktual salohiyatini oshirishdagi imkoniyatlari kеngligini isbotlash kabi tamoyillari to`g`risidagi — bularning barchasiga tarbiya mеtodlari orqali erisqiladi. Har tomonlama barkamol, bilimli, malakali yoshlarni voyaga еtkazishda.
Quyidagi tarbiya turlarining ahamiyati salmoqlidir:
-Aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko'nikma; aql, ong, fahm.
-Ahloqiy tarbiya: ahloq, odob, hulq, yaqshilik, adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshqalar.
-Mеhnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik, aqliy ish, jismoniy mеhnat, foyda, maosh.
-Jismoniy tarbiya: chiniqish, sport, o`yinlar, sog'lom tan.
-Еtsеtik tarbiya: go`zallik, kiyinish, tozalik, yurish turish, saranjom-sarishtalik.
-Еkologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, o'simlik va hayvonot dunyosiga ongli munosabat.
-Iqtisodiy tarbiya: tеjamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof;
foyda, mulk, mulkka egalik.
- Huquqiy tarbiya: fuqaro, tеnglik, To`g`rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch kabi katеgoriyalarni qamrab oladi.

Zamonaviy sharoitda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda qaysi metodlardan foydalanilmoqda?


Hozirgi zamon pedagogika fani oldida turgan muhim muammolardan biri - o'qituvchi va pedagogik mehnat sharoiti muammosi hisoblanadi. Chunki o'qituvchida barcha pedagogik g'oyalar mujassamlangan bo'lib, uning faoliyati orqali bu g'oyalar amalga oshiriladi va hayotga tatbiq etiladi.
O'qituvchining ko'p qirrali va murakkab faoliyati zamirida yosh avlodni odobli, axloqli qilib tarbiyalash, ularni bilimlar bilan qurollantirish kabi muhim vazifalar yotadi. Bularni amalga oshirish esa o'qituvchining xilma-xil faoliyatiga bog'liq: bolalarni o'qitish, maktabdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlami tashkil eta bilish va o'tkazish, ota-onalar o'rtasida pedagogik targ'ibot ishlarini olib borish va hokazo. Bularning hammasi o'qituvchidan chuqur bilimga ega bo'lishni, o'z sohasini, bolalarni sevishni talab etadi.
Bu vazifa O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'grisida»gi Qonuni, hamda Oliy ta'lim konsepsiyasida aniq belgilab berilgan. «Ta'lim to'grisida»gi Qonun 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan bo'lib, u 5 bo'lim va 34 moddadan iborat. Qonunning 5-moddasida pedagoglik faoliyati bilan shug'ullanish huquqi aniq ifodalangan:«Tegishli kasb-kor malakasiga ega bo'lgan, o'zida yuksak axloqiy sifatlarni mujassamlashtirgan kishilar pedagoglik faoliyati bilan shug'ullanish huquqiga egadirlar».
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim konsepsiyasida o'qituvchi-mutaxassisning vazifalari quyidagicha belgilanadi: «Mutaxassis malakasi - chuqur umumiy bilim, keng dunyoqarash va kasb tayyor-garligi, kompyuter savodxonligi, o'z bilimini tezlik bilan yangilash va to'ldira olish qobiliyati singari omillardan tashkil topadi... Shular qatorida uning intizomi, mas'uliyat, ziyolilik, o'z ishiga, mamlakati mustaqilligiga, Vatan va jahon taraqqiyoti yo'lida ezgulik va adolatga sadoqat tuyg'ularini ham tarbiyalash zarur».
O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim konsepsiyasida mutaxassis vazifalari
quyidagicha belgilangan: «...mutaxassis o'z faoliyati, sohasidan qat'iy nazar, ijodiy
jamoalarda ishlay olish qobiliyatiga, menejment va marketing sohalarida tayyorgarlikka ega bo'lishi, yangi texnologiyalarni joriy etishning xo'jalik, ijtimoiy va madaniy jihatlarini aniq tasawur qila olishi kegak». Ushbu fikrlar o'qituvchilarga ham bevosita taalluqli. Chunki jamiyatimizda sodir bo’layotgan tub o'zgarishlar, bozor munosabatlariga kirib borishimiz o'qituvchidan nafaqat kasbiy bilimlarni, balki iqtisodiy, yuridik, texnikaviy bilimlardan ham xabardor bo'lishni taqozo qilmoqda.
Tarbiyada oilaviy munosabatlar?
Inson tarbiyasida oilaning ahamiyati juda katta buni oila tarbiyasi misolida ko’ramiz.


Oila tarbiyasi — oilada otaona, vasiy yoki katta kishilar tomonidan bolalarni tarbiyalash. Yosh avlodning har tomonlama rivojlanishida muhim oʻrin tutadi. Oila tarbiyasida doimiy tarbiyaviy taʼsirchan kuch — oilada ruhiy xotir-jamlik, samimiy munosabat, ota-ona obroʻsining yuqori boʻlishi, bolalarga talab qoʻyishda oila kattalari oʻrtasidagi birlikning saqlanishi, bola shaxsini mehnatga tarbiyalashga alohida eʼtibor berish, bolani sevish va izzatini joyiga qoʻyish, oilada qatʼiy rejim va kun tartibini oʻrnatish, bolaning yosh va shaxsiy xususiyatlari-nl hisobga olish, boladagi oʻzgarishlarni kuzatib borish, undagi mustaqillikka intilish va tashabbuskorlik sifatlarini qoʻllabquvvatlash va h.k. Oila qanchalik tartibli, uning aʼzolari oʻrtasidagi munosabat samimiy boʻlsa, Oila tarbiyasi ham shunchalik muvaffaqiyatli boʻladi. Oila tarbiyasida ota-ona obroʻsi, ularning kuzatuvchanligi, sezgirligi, hozirjavobligi muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega. Oila tarbiyasida tarbiya jarayoni zerikarli, quruq nasihatgoʻylikdan iborat boʻlib qolmasligi lozim. Bola hayotining koʻp qismi oilada oʻtadi. Shu boisdan mavjud anʼanalar, urf-odatlar, rasm-rusumlar va marosimlarning ijobiy taʼsirida bola asta-sekin ka-mol topib boradi. Anʼana va marosim Oila tarbiyasining qudratli qurolidir. Oila tarbiyasi ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada boʻlsagina, kutilgan natijalarga eri-shish mumkin. Oila tarbiyasida yutuklarga erishish ota-onalarning pedagogik bilimlarga egaligi, Oila tarbiyasi boʻyicha tajribalar alma-shishi, ota-onalarni tarbiyaviy ishlarga qizgʻin jalb qilishga ham bogʻliqdir. Har bir ota-ona Oila tarbiyasida oʻzlarining burch va masʼuliyatlarini chuqur anglashlari lozim. Normal oilaviy muhit, bolani kitob oʻqishga, mehnat qilishga oʻz vaqtida jalb etish ham Oila tarbiyasining muvaffaqiyati garovidir. Oilada ota yoki onaning yoʻqligi yoki ulardan birining ketib qolishi Oila tarbiyasiga katta zarar yetkazadi. Ularning bolaga beradigan tarbiyaviy taʼsir kuchi yoʻqoladi, Oila tarbiyasidagi muvozanat buziladi. Bunday sharoitda bola qalbi qat-tiq jarohatlanadi, u tajang , serjaxl, qoʻpol, dagʻal boʻlib qoladi, kattalarga ishonmay qoʻyadi, oʻqishi pasayib ketadi. Oila tarbiyasida otaning obroʻsi katta ahamiyatga ega. Bolalarni barkamol inson qilib yetishtirishda maktabni oila bilan bogʻlamasdan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Shuning uchun Oila tarbiyasida maktab va ota-onalar oʻrtasidagi taʼlimtarbiyaga oid birgalikdagi ishlari katta ahamiyatga ega. Otaonalarning oʻqituvchilar bilan boʻlgan uchrashuvlarida aytilgan fikrlar, ayniqsa qimmatlidir. Chunki ular oʻz farzandlari toʻgʻrisida koʻproq narsalarni bilib oladilar. Shuning uchun bola tarbiyasining tub mohiyatini tushungan har bir ota-ona oila bilan maktab oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga intiladi. Bola maktabni tamomlagunga qadar otaona maktab bilan yaqin aloqa oʻrnatishi, farzandining darslarini oʻzlashtirishi, xulq-atvoridan xa-bardor boʻlib turishi, tarbiya masalalarida oʻqituvchi, sinf rahbari bilan maslahatlashib turishi, bolaning darsdan soʻng nima bilan mashgʻulligi haqida oʻqituvchi va sinf rahbarini xabardor qilib turishi lozim. Uz navbatida oʻqituvchi va sinf rahbari ham bolaning oʻqishi, odobi, xulqi, maktabda oʻzini tuta bilishi haqidagi maʼlumotlarni ota-onaga yetkazishi, zarurat tugʻilganda paydo boʻlgan muam-molarni birgalikda hal qilishi zarur. Farzandi maktabga borgan ota-ona maktab jamoasining aʼzosi boʻlib qolishi kerak. Oʻqituvchi va sinf rahbari ham oʻz oʻquvchisining oilasi bilan mustahkam ham-korlikni yoʻlga qoʻymogʻi lozim. Oila tarbiyasida ota-onalarning mahalla faollari, mehnat faxriylari bilan hamkorliklari ham muhim. Oila tarbiyasi farzandlarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratilsagina muvaffaqiyatli boʻlishi mumkin. Oila tarbiyasida har bir oila oʻziga xos xususiyatlarni namoyon qiladi.
Faoliyat - shaxs shakllanishining asosiy omili sifatida?
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, uz-uzini anglab, har bir harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bulganeng muxim va umumiy xususiyat – bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol so‘zlaridan kelib chikkan tushuncha) shaxsning xayotdagi barcha hatti harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyalardir. Bu- usha oddiy kulimizga kalam olib, biror chizikcha tortish bilan boglik elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uygonish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bulgan murakkab harakatlarga alokador ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va uz-uzini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashiga alokador sifatlari orkali bayon etiladi.
Fanda inson faolligining asosan ikki turi farklanadi:
A. Tashki faollik- bu tashkaridan uz ichki istak-xoxishlarimiz ta’sirida bevosita kurish, kayd qilish mumkin bulgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orkali namoyon bo‘ladigan faollik.

B. Ichki faollik – bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, kon aylanish, nafas olish, bosim uzgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida kurinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir kursatuvchi omillarni uz ichiga oladi.




http://fayllar.org
Yüklə 17,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin