"Albatta, men loydan bashar yaratuvchidirman" (Sod surasi 71 oyat)
Ruh g‘ayb olamiga tegishlidir: Sha'ni ulug‘ Zot:
"Bas, qachonki, uni rostlab, unga ruhimdan puflaganimdan so‘ng, unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!" (Sod surasi 7 oyat)
Demakki inson mana shu ikki narsaning jamlanmasidan yaratilgan. Agar jismni ruh tark etadigan bo‘lsa, endi biz uni inson demaymiz, balki jasad deymiz. Shunday ekan, insonning kamolot topishi, ikki dunyo saodatiga yetishi uchun uning ham moddiy hayoti, ham ma'naviy olami isloh bo‘lishi kerak.
Moddiy narsalar odamga jismoniy oziq va quvvat bersa, ma’naviyat unga ruhiy oziq va qudrat bag‘ishlaydi. Faqat moddiy jihatdan ta’minlanish bilan kifoyalanish – ongsiz va ruhsiz mahluqotlarga xos. Ma’naviyatga intilish esa ruh va ong egasi bo‘lmish odamzotgagina xos fazilatdir. Ma’naviyat odamning aqliy va ruhiy olami majmui kabi murakkab ijtimoiy hodisadir.
Insoniyat o‘zining ustidan moddiy hayot g‘olib kelmasligiga urinishi, ma'naviy falsafalarga sho‘ng‘ib ketishlikdan saqlanishi lozim. Dunyo deya oxiratni, oxiratni deya dunyoni tashlab qo‘ymasligi kerak. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam:
"Oxiratni deb dunyoni, dunyoni deb oxiratni tark qiladiganlaringiz yaxshilaringiz emasdir. Lekin yaxshilaringiz undan ham, bundan ham nasibasini olgan kishidir", deganlar. Yana bir hadisi sharifda:
"Dunyo qanday ham yaxshi ulovdir. Uni ulov qilib olinglar. Sizlarni oxiratga yetkazadi", deyilgan. Bir kishi Ali roziyallohu anhuning huzurlarida dunyoni yomonladi. U zot: "Dunyo uni rostga chiqargan kishi uchun rostlik diyori, uni tushungan kishi uchun najot diyori, undan zodi rohila oladigan kishi uchun boylik diyoridir", dedilar. Demak, qachonki biz dunyoga shung‘ib ketib, asl mohiyatni eslamaydigan bo‘lsak, bu bizning dunyoni to‘g‘ri anglamaganimizdan bo‘lar ekan. Buning aksini qilib, moddiy hayotdan butkul yuz buradigan bo‘lsak, buning so‘ngidan kelgan fasod ko‘zlagan maqsadimizga ta'sir qilmay qolmaydi. Zero, hakimlardan biri: "Badan ozuqalanadigan narsalarni to‘plash do‘nyoga o‘chlik emas", degan.
Shu o‘rinda ba'zi bir nazariyotchilarning oldin moddiy hayotni, keyin ma'naviy masalalarni o‘ylash kerak, degan mazmundagi fikrlari mutlaqo xato bo‘lib, kishiga faqat zarar yetkazishini bugun hayotning o‘zi har qadamda tasdiqlab turibdi.
Yuqoridagi hadisda Dunyo ulovga o‘xshatildi. Ulov bo‘lmasa manzilga yetishlik mushkul. Shuning bilan birga hamma narsani ulov uchun sarf qilib, manzilga quruq kirib borish ham oqillar ishidan emas.
Ma’naviyatni rivojlantirish hozirgi davrda davlat siyosatining ustuvor yunalishi darajasiga ko‘tarilish sabablari nimada deb bilasiz?
Shaxsning o‘z o‘zini anglashi, bilimdonlik, qalbi tozalik, saxiylik, samimiylik, hayrihohlik, iymonlilik, halolik, e’tiqodlilik, diyonatlilik, poklik, mehr-shafqatlilik, vijdonlilik, rostgo‘ylik, adolatparvarlik, ota-onaga hurmat, oilaga sadoqat, vafodorlik, to‘g‘rilik va boshqalar. Shaxsning millat vakili sifati maqomida: milliy o‘z-o‘zini anglash, milliy g‘urur, millatparvarlik, vatanparvarlik, millat taqdiriga nisbatan ma’suliyatni, milliy manfaat ustivorligini his etish, milliy til, milliy tarix, adabiyot, san’at, urf-odatlar, an’analar, qadriyatlar, davlat tizimiga, qonunlarga hurmat va itoatkorlik, vazminlik, o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish, mamlakat ichki va tashqi faoliyatidan habardor bo‘lish va uni qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy hayotida faollik va boshqalar bo‘lsa; shaxsning jamiyat vakili sifatidagi maqomida: mamlakatning jahondagi nufuzini oshirishdagi ma’sullik, jahon sivilizatsiyasi yutuqlarini egallash, jahon xalqlari oldida turgan umumbashariy muammolariga befarq bo‘lmaslik, milliy va umuminsoniy manfaatlar uyg‘unligini anglash, insonning tabiatining bir bo‘lagi ekanligi, uni asrashda ma’sullik va boshqa bir qator tushunchalarni kiritishi mumkin.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning ikkinchi chaqiriq Oliy majlisning birinchi sesiyasida qilingan ma’ruzasida ham ma’naviyat masalasi XXI asr bo‘sag‘asida ikkinchi ustivor yo‘nalish deb qaraldi. Hozirda erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi qayd etildi. Boshqacha aytganda, o‘z haq-huquqlarini taniydigan, o‘z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo‘layotgan voqea – hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondoshadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarni mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg‘un holda ko‘radigan erkin, har jihatdan barkamol, sog‘lom avlodni tarbiyalashimiz kerak ekanligi sababli deb bilaman.