SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 2 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1132
DETALLARNING TASHQI SILINDRIK YUZALARI VA ULARGA ISHLOV
BERISH USULLARI
Farruhbek Farxodjon o‘g‘li Oxunjonov
Magistr, Farg’ona
politexnika instituti
ANNOTATSIYA
Maqolada aylаnmа jism shаkligа egа bo‘lgаn dеtаllаrga ishlov berish ajribalari va
samarador usullar haqida so’z yuritiladi. Detallarning tashqi silindrik yuzalariga ishlov
berish dastgohlari bilan ishlash bo’yicha amaliy ko’nikmalar bayon qilinadi.
Kalit so‘zlar:
vаllаr, vtulkаlаr, disklаr, silindrik yuza, tokarlik dastgohlari.
EXTERNAL CYLINDRICAL SURFACES OF DETAILS AND METHODS OF
THEIR PROCESSING
Farruhbek Oxunjonov
Master’s degree student, Fergana
Polytechnic Institute
ABSTRACT
The article discusses the features and effective methods of processing parts with a
rotating body shape. Practical skills in working with machining tools on the outer
cylindrical surfaces of parts are described.
Keywords
: shafts, bushings, discs, cylindrical surfaces, lathes.
KIRISH
Zagotovkalarga mexanik ishlov berish metall kesuvchi asboblar yordamida metall
kesuvchi dastgohlarda amalga oshiriladi. Kesib ishlov berishda ishlov o‘tayotgan
zagotovkaning ma’lum qalinlikdagi qatlami (qo'yilma) kesib
ajratiladi va qirindiga
aylantiriladi. Bunda kesib olinayotgan metall kesish jarayonida plastik
deformatsiyalanadi va yemiriladi.
Detallar ta’sir etuvchi kuchlarga qarshilik ko‘rsata olishi
uchun mashinasozlikda
qo‘llaniladigan konstruksion metallardan tayyorlanadi.
Bunday metall va qotishmalar (po‘lat, cho'yan, jez, bronza, aluminiy qotishmalari
va boshqalar) ularning kimyoviy tarkibi va struktura holatiga bog‘liq bo‘lgan turli
mexanik xossalariga egadir. Keltirilgan ko‘rsatkichlar
majmuasi konstruksion
materiallaming kesib ishlashga qarshiligini ifodalaydi.