Scientific progress volume ǀ issue ǀ


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix12.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#125167
1   2   3   4   5
ish-hujjatlari-va-ularga-qo-yiladigan-asosiy-talablar

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1162
Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 424-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston 
Respublikasi viloyat, shahar va tumanlar hokimlari apparatlarida ish yuritish bo‘yicha 
yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 29-martdagi 
140-son qaroriga ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat 
qo‘mitalari, idoralari, korporatsiyalari, konsernlari, uyushmalari, kompaniyalarida va 
boshqa markaziy muassasalarida, apparatlarida ish yuritish va ijro nazoratini tashkil 
etish bo‘yicha namunaviy yo‘riqnoma” lar fikrimizning dalilidir. N.Mahmudov, 
A.Madvaliyev, N.Mahkamov, N. Aminovlarning “O‘zbek tilida ish yuritish 
(munshaot)”, yana shu mualliflarning “Ish yuritish” amaliy qo‘llanmalari esa o‘zbeek 
tilida ish yuritishning me’yoriy asoslarini belgilab berishda g‘oyatda muhim qo‘llanma 
bo‘lib xizmat qilmoqda. Chunki mualliflarning ish yuritish borasida bergan yo‘l-
yo‘riqlari xodimlarning faoliyatida metodik yordam beradi, hujjatlarni rasmiylashtirish 
qoidalarini o‘rgatadi, ish qog‘ozlarining hamma joyda bir xil bo‘lishini ta’minlaydi.
Ammo shunday qo‘llanmaning mavjudligiga qaramasdan undan foydalanish talab 
darajasida deb bo‘lmaydi. Chunki 2000-yilda 10000 nusxada chop etilgan bu kitob bilan 
hamma o‘quv yurtlari ham yetarli darajada ta’minlangan emas. Vaholanki, bu kabi 
qo‘llanmalar bilan har bir kollej va litsey talab darajasida ta’minlanishi va har bir 
talabaning qo‘lida bo‘lishi maqsadga muvofiq. Ma’lum ma’noda mazkur qo‘llanmalar 
o‘rta maxsus o‘quv yurtlari doirasida ushbu vazifani bajarishi mumkin. Shunday qilib, 
ish yuritishning tarkibiy qismi bo‘lgan hujjatlarni ikki qismga bo‘lib o‘rganish to‘g‘ri 
bo‘ladi: 
1. Rasmiy hujjatlar.
2. Shaxsiy hujjatlar.
 
Rasmiy hujjatlar xizmat hujjatlari deb ham yuritilib, ular doirasida idoralar va 
mahkamalar, korxonalar va tashkilotlar hamda muassasalar o‘rtasida olib boriladigan 
yozishmalar tushuniladi. “Ish yuritish” qo‘llanmasining mualliflari bu hujjatlarning 
tasnifi haqida quyidagilarni yozishadi: “Ma’muriy boshqaruv faoliyatida xizmat 
mavqyeiga ko‘ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi mumkin: 
tashkiliy hujjatlar, farmoyish hujjatlari, ma’lumot-axborot hujjatlari, xizmat 
yozishmalari” (20-bet).
Alohida shaxs, jamoa tashkilotlari o‘rtasidagi aloqaning huquqiy jihatlarini 
qamrab oluvchi tashkiliy hujjatlarga guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, 
shartnoma singari hujjatlar; tashkilot yoki muassasa rahbarining ish faoliyati doirasida 
amal qiladigan farmoyish hujjatlariga buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar; 
ma’lumot-axborot hujjatlariga ariza, bayonnoma, bildirishnoma, vasiyatnoma, 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin