Segmentar hisoboti



Yüklə 140,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/14
tarix15.11.2023
ölçüsü140,29 Kb.
#132704
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
09.Boshqaruv hisobi 247 (1)



247 
6-BOB. XO‘JALIK YURITUVCHI SUBYEKTLARNING 
SEGMENTAR HISOBOTI 
 
1-§. Segmentar hisobotning mohiyati, ahamiyati va uni tashkil etish.
2-§. Tashqi foydalanuvchilar uchun segmentar hisobotni tuzish 
qoidalari va tamoyillari.
3-§. Ichki segmentar hisobotni tuzish qoidalari va tamoyillari.
4-§. Segmentar hisobotni tuzish bosqichlari va uning vazifalari. 
5-§. 
Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini 
baholashning asosi sifatida. 
6 a). Test savollari. 
b). Takrorlash uchun savollar. 
 
1-§. Segmentar hisobotning mohiyati, ahamiyati va uni 
tashkil etish 
 
Mamlakatimiz hududidagi milliy, shuningdek, xorijiy 
investitsiyalar ishtirokida tashkil topgan bir qator xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar o‘z faoliyatlarini bir joyda emas, balki geografik jihatdan bir 
necha hududlarda amalga oshirib kelmoqdalar. Ana shunday hududlarda 
faoliyat yuritayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha olinadigan 
ma’lumotlarni segmentlar bo‘yicha ma’lumotlar, deb ataladi. Biznes 
segment deb ataluvchi ana shunday yangi atama boshqaruv hisobiga 
bozor munosabatlari sharoiti tufayli kirib keldi. 
Segment (lotinchadan - segmentum) biron-bir narsaning bo‘lagi, 
qismi degan ma’noni anglatadi. Biznes segmenti – bu xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ma’lum qismini yoki uning nisbatan mustaqil bo‘linmasini 
muayyan vakolatlar va mas’uliyat berish maqsadida ajratishdir. Bundan 
ko‘zlanadigan asosiy maqsad mustaqil bo‘linmalar faoliyati bo‘yicha 
alohida segmentar hisobotni shakllantirish va uning asosida ana shu 
bo‘lim faoliyatini baholash, nazorat qilish va pirovard natijada 
menejerlar faoliyatiga xolisona baho berishdir. Segmentar hisobot 


248 
menejerlarning o‘zlariga ham foydali bo‘lib ana shu ma’lumotlar orqali 
ular o‘z faoliyatlarini aniq ko‘rsatkichlar asosida rejali tashkil qilishlari
vujudga keladigan chetlanishlar va xatolarni o‘z vaqtida bartaraf 
etishlari, istiqbol ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri belgilash kabi ko‘plab 
imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Ana shunday ma’lumotlar bazasini, ya’ni biznes segmentlari 
bo‘yicha hisobotni bashqaruv hisobi shakllantiradi. Boshqaruv hisobi 
xo‘jalik yurituvchi subyektning tashkiliy tuzilmasini hisobga olgan 
holda, javobgarlikning turli markazlari (biznes segmentlari) majmuidan 
tarkib topadi. Segmentlar bo‘yicha hisobot ma’lumotlaridan turli xil 
tezkor tarzdagi boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida 
foydalaniladi. 
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda segmentlar bo‘yicha 
hisobotni shakllantirish tartibi 14-sonli moliyaviy hisobotning xalqaro 
standarti (MHXS) bilan tartibga solinadi. Bu standart 1993-yildan amal 
qilib kelmoqda.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega davlatlarda segmentlarning 
ikkita: operatsion (xo‘jalik) va hududiy (geografik) turlari ajratib 
ko‘rsatiladi. 
Operatsion segment
– xo‘jalik yurituvchi subyektning tovarlar 
ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarishdagi alohida 
ajratib ko‘rsatilishi va hisobga olinishi mumkin bo‘lgan faoliyati 
yo‘nalishi. 
Hududiy segment
- muayyan iqtisodiy muhitda tovarlar ishlab 
chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarishda ishtirok etuvchi, 
boshqalardan farq qiladigan risk va foyda kabi iqtisodiy shart-sharoitlar 
ta’sirida bo‘lgan, ma’lum bir alohida makonda harakat qiluvchi ajratib 
qo‘yilgan komponent. 
Segmentlar bo‘yicha ma’lumot
– xo‘jalik yurituvchi subyektning u 
tomonidan o‘rnatilgan buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari to‘plami 
doirasida uning barcha qismlari (bo‘lim, filiallari va sh.k.) faoliyatini 
ochib beruvchi ma’lumot. 


249 
Buxgalteriya hisobotida ma’lumotni (keyinchalik hisobot 
segmentlari) ochib beradigan segmentlar to‘plami har bir xo‘jalik 
yurituvchi subyekt tomonidan mustaqil tarzda uning tashkiliy va 
boshqaruv tuzilmasidan kelib chiqib o‘rnatiladi. 
Opeoratsion segment bo‘yicha malumot – 
xo‘jalik yurituvchi 
subyektning muayyan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish, xizmat 
ko‘rsatish yoki bir turdagi guruh mahsulotlar, ishlar bajarishda 
boshqalarga nisbatan farqli tarzdagi risk va daromadlarga ega bo‘lgan
qismining faoliyatini ochib beradigan ma’lumot.
Operatsion segmentlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantirishda 
mahsulotlar, bajariladigan ishlar, xizmatlarning bir necha xil turlari 
quyidagi omillarning hammasi yoki aksariyati o‘xshash bo‘lsa, ularni bir 
turdagi guruhlarga birlashtirish mumkin: mahsulot, ish, xizmatlarning 
turi va belgilanishining bir xilligi; mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish 
jarayonlarining bir xilligi; xizmat ko‘rsatishning o‘xshashligi; 
mahsulotlar, ishlar, xizmatlar iste’molchilari (xaridorlar)ning; mahsulot 
sotish va ish, xizmatlarni tarqatish usullarining o‘xshashligi; xo‘jalik 
faoliyatini boshqarish tizimining bir xilligi. 
Hududiy segment bo‘yicha ma’lumot

 
xo‘jalik yurituvchi 
subyektning muayyan geografik hududda mahsulot ishlab chiqarish, ish 
bajarish, xizmat ko‘rsatish bo‘yicha boshqa geografik hududlaridagi risk 
va daromadlardan farqli riskka va daromad olishga erishayotgan 
qismining faoliyatini ochib beradigan ma’lumot.
Bir davlat, bir guruh davlatlar yoki davlat ichidagi bir hudud 
geografik segment bo‘lishi mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subyektning 
riski va daromadi uning ishlab chiqarishi yoki xizmat ko‘rsatish faoliyati 
joylashgan joyi, ya’ni, uning ish yuritish joyiga bog‘liq. Ammo, ular 
uning bozor va mijozlari joylashuviga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Hududiy segment tanlovini xo‘jalik yurituvchi subyektning ish yuritish 
joyiga, ham uning bozor va mijozlar joylashuviga qarab bo‘lib chiqish 
mumkin. Bunday holatda, ya’ni hududiy segment bo‘yicha ma’lumotni 
ajratishda quyidagilardan kelib chiqish lozim: 


250 
1) xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati yuritilayotgan hududda 
davlatning iqtisodiy va siyosiy tizimlarini belgilab beradigan 
sharoitlarning o‘xshashligi; 
2) turli hududlarda amalga oshiriladigan faoliyatdagi mustahkam 
aloqalarning mavjudligi; 
3) faoliyat turlarining o‘xshashligi; 
4) muayyan geografik hududda tashkilot faoliyatiga dahldor risklar; 
5) valyuta nazorati qoidalarining umumiyligi; 
6) muayyan geografik hududda xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati 
bilan bog‘liq valyutaga doir risk. 
Segment hisoboti bo‘yicha ma’lumot
buxgalteriya hisobi yoki 
jamlovchi buxgalteriya hisobotida albatta ko‘rsatilishi shart bo‘lgan 
alohida joriy yoki hududiy segment bo‘yicha ma’lumot. 
Segmentlar bo‘yicha hisobotni tanlashda muhim bo‘lgan omillar 

Yüklə 140,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin