275
Daromad markazi
– bu ham mas’uliyat markazining bir tashkiliy
turi bo‘lib, uning menejeri faqat daromad olish yuzasidan mas’uldir,
sarf-xarajatlar uchun esa hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga
olmaydi.
Markaz rahbari faoliyati olingan daromad asosida baholanadi,
shuning uchun ushbu holatda segmentar hisobotning vazifasi markaz
faoliyati yakuniy natijalarini belgilashdan iborat.
Foyda markazi
– xo‘jalik yurituvchi subyekt segmenti bo‘lib,
rahbari bir vaqtda o‘zining tashkiliy qismidagi daromad uchun ham,
shuningdek sarf-xarajatlar uchun ham javob beradi. Markaz menejeri
iste’mol qilinadigan resurslar miqdori va kutilayotgan tushum miqdoriga
qarab qaror qabul qiladi. Olingan foyda miqdoriga qarab markaz
faoliyati mezonlari belgilanadi. Shuning uchun segmentar hisobot
segment faoliyatiga kirishdagi xarajatlar miqdori, segment ichida
qilinadigan ichki sarf-xarajatlar va oxirgi yakuniy natijani o‘z ichiga
olishi kerak. Mas’ullik markazi foydasi segmentar hisobot tizimida
turlicha hisob-kitob qilinishi mumkin. Ba’zan hisobotda to‘g‘ri ya’ni
bevosita xarajatlar, boshqa paytlarda esa egri, ya’ni bilvosta xarajatlar
qatnashadilar.
Sarmoya markazi
– xo‘jalik yurituvchi subyekt segmenti bo‘lib,
ularni menejerlari nafaqat sarf-xarajat va daromadlarini nazorat qiladilar,
balki sarflangan mablag‘ va sarmoyalarning samaradorligini ham kuzatib
boradilar.
Sarmoya (investitsiya) markazi rahbari yuqorida aytib o‘tilgan
rahbarlarga nisbatan boshqaruvda ko‘p vazifa va huquqlarga ega
bo‘lgani sababli, qabul qilinadigan qarorlar yuzasidan juda katta
mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Xususan, ularga sarmoyalar yuzasidan
shaxsiy qaror qabul qilish, ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyekt ma’muriyati
tomonidan ajratilgan mablag‘larni alohida loyihalar bo‘yicha taqsimlash
huquqi berilgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: