5-§. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida Xo‘jalik yurituvchi subyektda biznes segmentlari bo‘yicha
tuziladigan segmentar hisobotni mas’uliyat markazlari bo‘yicha
shakllantirilgan hisobot sifatida e’tirof etish, ya’ni tushunish mumkin.
276
Segmentar hisobni tashkil etish zarurati munosabati bilan
boshqaruv hisobida ularning chegaralarini quyidagi mezonlarga muvofiq
belgilash lozim:
- alohida biznes segmentlari bo‘yicha tuziladigan segment
hisobotlari qanday ko‘rinishda bo‘lishi lozim (ya’ni, segmentar hisobot
ko‘rsatkichlarini aniqlash va ularni hisobga olish hamda baholash
mezonlarini belgilab berish);
- segmentlar o‘rtasida sodir etiladigan jarayonlarda hisob-
kitoblarni amalga oshirish va baholarni belgilash usullarini aniq belgilab
berish zarur;
-
segmentlar daromadlari va xarajatlari, aktivlari va
majburiyatlarini taqsimlash asoslarini aniq ko‘rsatib berish ham
muhimdir.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan demokratik mamlakatlarda faoliyat
yuritadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaliyotida moliyaviy
harakterga ega bo‘lgan to‘rtta ko‘rsatkichlardan foydalanadilar:
-
foyda;
-
aktivlarning rentabelligi;
-
qoldiq foyda;
-
iqtisodiy qo‘shimcha qiymat.
Xarajat va daromad markazlari faoliyatining samaradorligini
aniqlashda ushbu ko‘rsatkichlar mos kelmaydi.
Markazlar faoliyatini nazorat qilishda faqat birinchi ko‘rsatkichdan
foydalanish mumkin, xolos. Sarmoya (investitsiya) markazi faoliyati
natijasini tahlil etishda esa keyingi uchta ko‘rsatkichdan (aktivlar
rentabelligi, qoldiq foyda va iqtisodiy qo‘shimcha qiymat) foydalanish,
maqsadga muvofiq. Ushbu ko‘rsatkichlarni hisoblashda segmentlarga
tegishli bo‘lgan aktivlar qiymati va majburiyatlari to‘g‘risida axborot
bo‘lishi zarur.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasi sotilgan mahsulot
(xizmatlar)dan kelib tushgan tushum va sarflangan xarajatlar farqi
asosida aniqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyekt faoliyatini baholaydigan
daromad ko‘rsatkichi mustaqil emas, balki ko‘proq amaliy ahamiyatga
ega. Bo‘limlarning foydasini hisoblagandan so‘ng, keyingi ikkita, ya’ni
aktivlarning rentabelligi va sof (qoldiq) foydani hisoblash mumkin.
Boshqaruv hisobi va tahlili nuqtayi-nazaridan aktivlar rentabelligi
(AR) ko‘rsatkichi aktivlarga sarf etilgan sarmoyaning qanchalik samarali
277
foydalanganligini ko‘rsatadi. Aktivlar rentabelligi formulasi quyidagi
ko‘rinishga ega: