Segmentar hisoboti


Xolding kompaniyasi aktivlarining hududiy segmentlari bo‘yicha



Yüklə 140,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix15.11.2023
ölçüsü140,29 Kb.
#132704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
09.Boshqaruv hisobi 247 (1)

Xolding kompaniyasi aktivlarining hududiy segmentlari bo‘yicha 
taqsimlanishi
Aktivlarning turi 
Segmentlar 
Taqsim-
lanma-
gan 
Jami 
O‘zbekis-
ton 
Belorus-
siya 
Ukraina 
Pul mablag‘lari 
20 
30 
60 
30 
140 
Debitorlik qarzlari 
60 
80 
90 

230 
Zaxira 
100 
180 
240 

520 
Kelgusi davr 
xarajatlari 
10 
10 
20 
20 
60 
Bino va 
uskunalarning 
qoldiq qiymati 
200 
320 
440 
60 
1020 
Kapital qo‘yilmalar 
10 


100 
110 
Jami aktivlar 
400 
620 
850 
210 
2080 
Har bir segment tomonidan mahsulot (ish bajarish, xizmat 
ko‘rsatish) ishlab chiqarish va uni sotish jarayonida vujudga keladigan 
tashqi qarzlar aynan shu segmentning o‘ziga tegishli majburiyatlar 
bo‘ladi. Amaliyotda har bir segmentga tegishli qarzdorliklarni 
(debitorlik va kreditorlik) yengil va ortiqcha hisob-kitoblarsiz hisobga 
olish mumkin. Shu bilan bir vaqtda, xo‘jalik yurituvchi subyekt 
faoliyatini rivojlantirish maqsadida jalb qilingan uzoq muddatli kredit va 
qarzlar bo‘yicha to‘lanadigan foizlar bo‘yicha majburiyatlarni 
segmentlar faoliyatiga olib borib bo‘lmaydi. Xuddi shuningdek, 
byudjetga to‘lanadigan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlarni ham 
segmentlar faoliyatiga olib borib bo‘lmaydi. Amaliyotda bunday 
xarajatlar taqsimlanmaydi va alohida hisobga olinadi. 


257 
Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarning tashqi foydalanuvchilari uchun barcha segmentlar 
faoliyatini umumlashtirib aks ettiradigan konsolidatsiyalashtirilgan 
hisobot tuziladi. Shu bilan bir qatorda aynan ana shu ma’lumotlarning 
tashqi foydalanuvchilari uchun konsolidatsiyalashtirilgan hisobotdan 
tashqari har bir segment bo‘yicha segmentar hisobot ham tuziladi. Lekin, 
segmentar hisobot barcha segmentlar faoliyati bo‘yicha ham 
tuzilavermaydi.
Har bir segment bo‘yicha segmentar hisobot tuzilishi uchun 
quyidagi uch bosqichli jarayon talablari bajarilishi talab qilinadi: 
1-bosqich
: operatsion segment faoliyatiga bir necha tovarlar 
kiritilishi mumkin, agar ular quyida ko‘rsatilgan omillar orqali o‘zaro 
bog‘langan bo‘lsa: 
- tovarning belgilanishi; 
- ana shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayoni; 
- umumiy xaridorga ega bo‘lsa yoki bir xil usul bilan realizatsiya 
qilinsa. 
Obyektda ana shu omillardan (belgilardan) birortasi ham bo‘lmasa, 
u holda segment uchun boshqa obyekt qidiriladi. Mabodo yuqorida 
ko‘rsatilgan uchtadan bitta omil bo‘yicha bog‘lanish mavjud bo‘lsa 
ham, ana shu tovarlarni ishlab chiqaruvchi segment deb qaralishi 
mumkin. 
Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bir necha faoliyat turlari bilan 
shug‘ullanadi: ishlab chiqarish; savdo; xizmat ko‘rsatish. Uning ishlab 
chiqarish liniyasida kompyuterlar ishlab chiqariladi. Dasturlash bo‘limi 
xodimlari ana shu kompyuterlarga moslashtirilgan dasturlarni tuzadi. 
Savdo shaxobchasi ana shu kompyuterlarni sotadi. Bundan tashqari 
xo‘jalik yurituvchi subyekt tarkibida kompyuterlarga xizmat 
ko‘rsatuvchi servis xizmati ham mavjud. Misoldan ko‘rinib turibdiki, 
ana shu bo‘limlarning har biri yuqorida qayd qilingan talablarga javob 
beradi va shunga muvofiq ular hisobot segmentlari tarzida hisobga 
olinishi mumkin. 
Hududiy segmentlar bo‘yicha esa, ma’lumotlar aktivlar joylashgan 
hududlar yoki tovarlar (ish, xizmat) sotiladigan bozorlar bo‘yicha 
shakllantirilishi mumkin. Aniqrog‘i, oldingi misoldan kelib chiqiladigan 
bo‘lsa O‘zbekistonda, Belorussiyada va Ukrainada o‘z ishlab chiqarish 
bo‘limlariga ega bo‘lgan elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi yirik xolding 
ana shu hududlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantiradi. 


258 
2-bosqich
: bu bosqichda yana bir qator shartlar bajarilishi talab 
qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion va hududiy 
segmentlari hisobot obyektlari deb hisobga olinadi, agar shu 
segmentning: 
- tashqi xaridorlar yoki boshqa segmentlarga sotilayotgan tovarlar 
(ish, xizmat) miqdori barcha segmentlarning umumiy sotuvdan tushgan 
tushumlari miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa; 
- o‘z faoliyatidan olayotgan foyda (zarar) miqdori barcha segmentlar 
tomonidan olinayotgan umumiy foyda (zarar) miqdorining 10 foizidan 
kam bo‘lmasa; 
- aktivlari miqdori xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha 
segmentlari aktivlari umumiy miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa. 
Segment sifatida ko‘rilayotgan obyekt yuqorida sanab o‘tilgan 
shartlarning birortasiga ham javob bermasa uning faoliyati boshqa 
segment tarkibiga qo‘shiladi va hisobga olinadi. Shunga muvofiq, ana 
shu shartlarning bittasiga mos kelsa, bunday segment hisobotdor deb 
hisobga olinadi. 
3-bosqich
: bu bosqich hisobotdor segmentni shakllantirishning 
oxirgi bosqichi sanaladi. Bu bosqichda segment faoliyatidan tushadigan 
tushumi miqdori xo‘jalik yurituvchi subyekt jami tushumdagi ulushi 
bilan solishtiriladi. Agar ana shu ulush miqdori 75 foizdan past bo‘lsa, 
bu segment hisobotdor deb hisobga olinadi, 75 foizdan baland bo‘lsa 
bunday segment tarkibidan yana boshqa bir segmentni ajratib chiqish 
masalasi ko‘riladi. 
Ana shu tartibda shakllantirilgan hisobotdor segmentlar bo‘yicha 
ma’lumotlar bazasi shakllantirilishida ham ma’lum bir tamoyillar amal 
qiladi. Xususan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha samarali tarzdagi 
boshqaruv hisobini tashkil qilish maqsadida birlamchi tarzda ularning 
barchasi quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z hisobotlarida aks ettirishlari kerak 
bo‘ladi: 
- tashqi xaridorlar, shu jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektning 
boshqa segmentlariga realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum 
miqdorini; 
- moliyaviy natijasini; 
- tasarrufida bo‘lgan aktivlarning umumiy balans qiymatini; 
- asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarga sarflangan kapital 
quyilmalar miqdorini; 


259 
- asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan 
amortizatsiya ajratmalarining umumiy miqdorini. 
Misoldan kelib chiqiladigan bo‘lsa elektr jihozlari ishlab 
chiqaruvchi Xolding bo‘yicha birlamchi tarzda shakllantirilishi lozim 
bo‘lgan ma’lumotlar quyidagi jadval ko‘rinishida bo‘ladi (
4-jadval
).
Hududiy segmentlar bo‘yicha birlamchi ma’lumotlar 
shakllantirilgandan keyin, ikkilamchi ma’lumotlar operatsion segmentlar 
bo‘yicha tuziladi. Bu ma’lumotlar alohida shakllantiriladi va operatsion 
segment sifatida ko‘rilishi va hisobotdor bo‘lishi uchun ular quyidagi 
shartlardan biriga javob berishi kerak bo‘ladi: 
- tashqi xaridorlar yoki boshqa segmentlarga sotilayotgan tovarlar 
(ish, xizmat) miqdori shu tashkilotning umumiy sotuvdan tushgan 
tushumlari miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa; 
- aktivlari miqdori tashkilotning barcha operatsion segmentlar 
aktivlari umumiy miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa. 
Shu tarzda shakllantirilgan alohida operatsion segment bo‘yicha 
quyidagi ikkilamchi ma’lumotlar shakllantiriladi: 
4- jadval 

Yüklə 140,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin