263
e’tiborni ana shu segment, ya’ni mas’uliyat markazi ko‘rsatkichlarini
yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqarishga
qaratish
kerak.
4.
Segmentar hisobot shakllari tez-tez o‘zgaradigan bo‘lsa, u kerakli
samarani bermaydi, shunga muvofiq imkon qadar uning shakllari uzoq
vaqt o‘zgarmasligiga erishish lozim.
5.
Hisobotlar eng assosiy ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni qamrab
olishi kerak, ortiqcha hisob-kitoblar va turli xil formulalar menejerlarni
asosiy maqsaddan chalg‘itishdan boshqaga yaramaydi.
6.
Ma’lumotlarni faqat yozma hisobotlar shaklida berishdan
tashqari, hisob-kitoblarni amalga oshirgan buxgalter menejerlar bilan
bevosita og‘zaki muloqotlar ham qilishlari, maqsadga muvofiqdir.
Ichki
segmentar hisobot shakllari, ularni taqdim etish davrlari,
mazmuni kabi masalalar har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda uning
maqsad va vazifalaridan kelib chiqib rahbarlari tomonidan mustaqil
tarzda belgilanadi.
Shu bilan birgalikda ichki segmentar hisobot shakllariga
qo‘yiladigan, ya’ni ularni tuzishda amal qilinishi kerak bo‘lgan
umumiy
tamoyillar ham mavjud. Xususan:
– mas’uliyat markazlari faoliyatini nazorat qilish imkoniyati
yaratilishi tamoyili;
– chetlanishlarni boshqarish tamoyili;
ma’lumotlarning tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik
tamoyili va sh.k.
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqiladigan bo‘lsa, ichki
foydalanuvchilar uchun tuziladigan segmentar hisobot qanday
ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak va uning ma’lumotlaridan samarali hamda
tezkor foydalanish uchun qanday yondashish kerak degan savolning
qo‘yilishi tabiiydir.
Har qanda segmentar hisobot eng avvalo rejalashtirilgan yoki
me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichlarning haqiqatda chetlanishi (og‘ishini)
aks ettirishi kerak. Boshqaruv
hisobida bunday yondashuvni
chetlanishlarni (og‘ishlarni) boshqarish deb, e’tirof etiladi.
Chetlanishlarni boshqarish:
- foydaning o‘sishi, zarar vujudga kelayotganligi yoki vujudga
kelgan chiqimlar miqdorini tezkor tartibda aniqlash imkonini yaratadi.
Uning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin, masalan ishlab chiqarish
sharoitining o‘zgarishi, ishlab chiqarish quvvatining cheklanganligi,
264
xarajatlarning ayrim turlari bo‘yicha xarid baholarining oshib ketishi,
ishlab chiqarilgan mahsulotga baholarni belgilash siyosatining
o‘zgarishi, omborda tayyor mahsulotlar zaxirasining to‘planib qolishi,
texnologik sababalar va h.k.;
- vujudga kelgan chetlanishlarning sabablarini aniqlash va ularni
imkon qadar tezkor tartibda bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni
belgilash mumkin bo‘ladi.
Boshqaruv hisobini samarali tashkil qilish maqsadida hamisha
e’tibor qilish kerakki – barcha xarajatlar va harakatlar kim tomonidandir
nazorat qilinishini ta’minlash mumkin. Masalan, menejer umumxo‘jalik
xarajatlari bo‘yicha nazoratni o‘z
zimmasiga olib, o‘z navbatida quyi
bo‘limlardagi bo‘lim boshliqlarining faoliyatini kuzatishi, bo‘lim
boshliqlari esa keyingi pog‘ona mas’ullari faoliyatini boshqarishi va
shunga munosib tarzda nazoratga olishi mumkin.
Tarkibiy tuzilma maqomiga ega ikkita filiali hamda Toshkent
shahrida bo‘limiga ega bo‘lgan “Rohat” muzqaymoq fabrikasining
faoliyatini ko‘rib chiqamiz. Fabrikaning 1-filiali
Xiva shahrida, 2-filiali
esa Namangan shahrida joylashgan.
Bu segmentlarning har birining daromad va xarajatlari alohida
hisobga olinadi, shunga muvofiq ularning har biriga mustaqil foyda
markazi sifatida qaraladi. Bundan tashqari fabrika faoliyatini alohida
ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari bo‘yicha hisobga olsa ham
bo‘ladi. Chunki, har bir mahsulot turi bo‘yicha mustaqil tarzdagi ishlab
chiqarish xarajatlari
byudjeti tuzilgan, shunga muvofiq moliyaviy
natijalarini hisoblash imkoniga ega. Odatda, har bir mas’uliyat
markazining fabrika rahbari tomnidan tayinlangan rahbarlari bor.
Xarajatlar smetasi yil boshida hisoblab, tayyorlangan. Smetada
xarajatlar ikki guruhga – shartli-doimiy hamda shartli-o‘zgaruvchanlarga
bo‘lingan. Shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar tarkibida ishchilarning mehnat
haqi xarajatlari hamda xomashyo va materiallar hisobga olingan.
Shartli-doimiy xarajatlar tarkibida esa – marketing, ma’muriy, tijorat
hamda boshqa xarajatlar hisobga olingan. Bu xarajatlar har bir tarkibiy
tuzulma bo‘yicha umumiy tarzda hisobga olinadi, keyin esa mahsulot
turlari bo‘yicha ularning ishlab chiqarishdagi
ulushiga mos tarzda
taqsimot qilinadi.
Quyidagi 5-jadvalda “Rohat” muzqaymoq fabrikasining bir yillik
sotuv hajmi byudjeti keltirilgan.