Segmentar hisoboti



Yüklə 140,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix15.11.2023
ölçüsü140,29 Kb.
#132704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
09.Boshqaruv hisobi 247 (1)

Joriy segment 
Hududiy segment 
Mahsulot va xizmatlar xususiyati 
Iqtisodiy va siyosiy sharoitlarning 
mosligi 
Ishlab chiqarish jarayoni xususiyati 
Turli geografik hududlarda amalga 
oshiriladigan jarayonlar o‘rtasidagi 
o‘zaro bog‘liqlik 
Mijozlar, xizmat va mahsulot 
iste’molchilari turi va sinfi 
Bajariladigan jarayonlarning hududiy 
yaqinligi 
Mahsulotlarni sotish va xizmatlarni 
ko‘rsatishda foydalaniladigan usullar 
Valyuta nazorati qoidasi 
Tartibga soluvchi muhit xususiyati: bank 
xizmatlari, sug‘urtalash tartiblari, 
kommunal xizmatlar xarakteri va 
to‘lovlari va sh.k. 
Valyutaga oid risklar 
Belgilangan hududda amalga 
oshirilayotgan jarayonlar bilan 
bog‘liq boshqa maxsus risklar 
O‘zbekiston Respublikasi 2016-yildan boshlab yangi tahrirda 
kuchga kiritilgan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-
moddasida ta’kidlanganki, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari hisob va 
hisobotning ichki xo‘jalik tizimini, xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish 


251 
tartibini, tashqi iste’molchilar uchun moliyaviy hisobotni, soliqlar va 
moliyaviy xarajatlarning boshqa shakllarini va hokazolarni tashkil 
etishga majbur. 
Respublikamizda tashqi iste’molchilar uchun segmentlar bo‘yicha 
moliyaviy hisobotni tuzish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya 
vazirligida 1998-yil 14-avgustda 474-son bilan ro‘yxatga olingan “Hisob 
yuritish siyosati va moliyaviy hisobot” nomli O‘zbekiston 
Respublikasining 1-sonli buxgalteriya hisobining milliy standarti 
(BHMS) bilan tartibga solinadi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbariyati, menejerlari tezkor 
tartibda ma’lumotlar olishi va uning asosida samarali boshqaruv 
qarorlarini qabul qilishlari uchun, ya’ni boshqaruv hisobi uchun mustaqil 
ishlab chiqilgan yoki markazlashtirilgan holda tasdiqlangan boshqaruv 
hisobotlarini shakllantirish maqsadga muvofiq. Bu hisobot shakllarini 
an’anaviy jurnal-order shaklini qo‘llamaydigan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarlar (kichik korxonalar, fermer xo‘jaliklari, buxgalteriya 
hisobining soddalashtirilgan shaklini qo‘llayotgan xo‘jalik yurituvchi 
subyektlarlari, buxgalteriya hisobini kompyuterda maxsus ishlab 
chiqilgan jadvallarda olib borayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarlari), 
shuningdek, hisob jurnal-order shaklini qo‘llashga moslashtirilgan 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarlari ham (analitik hisob shakllariga 
o‘zgartirish kiritish yo‘li bilan, masalan, yangi qo‘shimcha qator va 
ustunlar qo‘shish orqali, ammo mavjud hisob tizimini buzmasdan zarur 
ma’lumotlar olish uchun muvofiqlashtiriladi) yuritishlari mumkin. 
Ana shu tartibda tashkil qilinadigan segmentlar bo‘yicha 
boshqaruv hisobini tashkil qilishda asos bo‘ladigan hisobot to‘plami 
quyidagi muhim shakllardan iborat bo‘lishi mumkin: 
-
material va butlovchi qismlar zaxiralari to‘g‘risida hisobot; 
-
tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha hisobot; 
-
ishlab chiqarilagan mahsulot (ish, xizmatlar) to‘g‘risida hisobot; 
-
xarid qilingan tovar-moddiy boyliklar to‘g‘risida hisobot; 
-
tayyor mahsulot zaxiralari to‘g‘risida hisobot; 
-
sotish hajmi to‘g‘risida hisobot; 


252 
-
pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot; 
-
debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida hisobot; 
-
yig‘ma hisobot. 
Segmentar hisobot ma’lumotlari xo‘jalik yurituvchi subyektning 
har bir segmenti moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini, ish sifatini baholash 
imkonini beradi. 

Yüklə 140,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin