257
Amaliyotda xo‘jalik yurituvchi subyekt to‘g‘risidagi
ma’lumotlarning tashqi foydalanuvchilari
uchun barcha segmentlar
faoliyatini umumlashtirib aks ettiradigan konsolidatsiyalashtirilgan
hisobot tuziladi. Shu bilan bir qatorda aynan ana shu ma’lumotlarning
tashqi foydalanuvchilari uchun konsolidatsiyalashtirilgan hisobotdan
tashqari har bir segment bo‘yicha segmentar hisobot ham tuziladi. Lekin,
segmentar hisobot barcha segmentlar faoliyati bo‘yicha ham
tuzilavermaydi.
Har bir segment bo‘yicha segmentar hisobot tuzilishi uchun
quyidagi uch bosqichli jarayon talablari bajarilishi talab qilinadi:
1-bosqich
: operatsion segment faoliyatiga bir necha tovarlar
kiritilishi mumkin, agar ular quyida ko‘rsatilgan omillar orqali o‘zaro
bog‘langan bo‘lsa:
- tovarning belgilanishi;
- ana shu tovarlarni ishlab chiqarish jarayoni;
- umumiy xaridorga ega bo‘lsa yoki bir xil usul bilan realizatsiya
qilinsa.
Obyektda ana shu omillardan (belgilardan) birortasi ham bo‘lmasa,
u holda segment uchun boshqa obyekt qidiriladi. Mabodo yuqorida
ko‘rsatilgan uchtadan bitta omil bo‘yicha bog‘lanish mavjud bo‘lsa
ham, ana shu tovarlarni ishlab chiqaruvchi
segment deb qaralishi
mumkin.
Masalan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bir necha faoliyat turlari bilan
shug‘ullanadi: ishlab chiqarish; savdo; xizmat ko‘rsatish. Uning ishlab
chiqarish liniyasida kompyuterlar ishlab chiqariladi. Dasturlash bo‘limi
xodimlari ana shu kompyuterlarga moslashtirilgan dasturlarni tuzadi.
Savdo shaxobchasi ana shu kompyuterlarni sotadi. Bundan tashqari
xo‘jalik yurituvchi subyekt tarkibida kompyuterlarga xizmat
ko‘rsatuvchi servis xizmati ham mavjud. Misoldan ko‘rinib turibdiki,
ana shu bo‘limlarning har biri yuqorida qayd qilingan talablarga javob
beradi va shunga muvofiq ular hisobot segmentlari tarzida hisobga
olinishi mumkin.
Hududiy segmentlar bo‘yicha esa, ma’lumotlar aktivlar joylashgan
hududlar yoki tovarlar (ish, xizmat) sotiladigan bozorlar bo‘yicha
shakllantirilishi mumkin. Aniqrog‘i, oldingi
misoldan kelib chiqiladigan
bo‘lsa O‘zbekistonda, Belorussiyada va Ukrainada o‘z ishlab chiqarish
bo‘limlariga ega bo‘lgan elektr jihozlari ishlab chiqaruvchi yirik xolding
ana shu hududlar bo‘yicha ma’lumotlarni shakllantiradi.
258
2-bosqich
: bu bosqichda yana bir qator shartlar bajarilishi talab
qilinadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning operatsion va hududiy
segmentlari hisobot obyektlari deb hisobga olinadi, agar shu
segmentning:
- tashqi xaridorlar yoki boshqa segmentlarga sotilayotgan tovarlar
(ish, xizmat) miqdori barcha segmentlarning umumiy sotuvdan
tushgan
tushumlari miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa;
- o‘z faoliyatidan olayotgan foyda (zarar) miqdori barcha segmentlar
tomonidan olinayotgan umumiy foyda (zarar) miqdorining 10 foizidan
kam bo‘lmasa;
- aktivlari miqdori xo‘jalik yurituvchi subyektning barcha
segmentlari aktivlari umumiy miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa.
Segment sifatida ko‘rilayotgan obyekt yuqorida sanab o‘tilgan
shartlarning birortasiga ham javob bermasa uning faoliyati boshqa
segment tarkibiga qo‘shiladi va hisobga olinadi. Shunga muvofiq, ana
shu shartlarning
bittasiga mos kelsa, bunday segment hisobotdor deb
hisobga olinadi.
3-bosqich
: bu bosqich hisobotdor segmentni shakllantirishning
oxirgi bosqichi sanaladi. Bu bosqichda segment faoliyatidan tushadigan
tushumi miqdori xo‘jalik yurituvchi subyekt jami tushumdagi ulushi
bilan solishtiriladi. Agar ana shu ulush miqdori 75 foizdan past bo‘lsa,
bu segment hisobotdor deb hisobga olinadi, 75 foizdan baland bo‘lsa
bunday segment tarkibidan yana boshqa bir segmentni
ajratib chiqish
masalasi ko‘riladi.
Ana shu tartibda shakllantirilgan hisobotdor segmentlar bo‘yicha
ma’lumotlar bazasi shakllantirilishida ham ma’lum bir tamoyillar amal
qiladi. Xususan, xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha samarali tarzdagi
boshqaruv hisobini tashkil qilish maqsadida birlamchi tarzda ularning
barchasi quyidagi ko‘rsatkichlarni o‘z hisobotlarida aks ettirishlari kerak
bo‘ladi:
- tashqi xaridorlar, shu jumladan xo‘jalik
yurituvchi subyektning
boshqa segmentlariga realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushum
miqdorini;
- moliyaviy natijasini;
- tasarrufida bo‘lgan aktivlarning umumiy balans qiymatini;
- asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarga sarflangan kapital
quyilmalar miqdorini;
259
- asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan
amortizatsiya ajratmalarining umumiy miqdorini.
Misoldan kelib chiqiladigan bo‘lsa elektr jihozlari ishlab
chiqaruvchi Xolding bo‘yicha birlamchi tarzda shakllantirilishi lozim
bo‘lgan ma’lumotlar quyidagi jadval ko‘rinishida bo‘ladi (
4-jadval
).
Hududiy segmentlar bo‘yicha birlamchi ma’lumotlar
shakllantirilgandan keyin, ikkilamchi ma’lumotlar operatsion segmentlar
bo‘yicha tuziladi. Bu ma’lumotlar alohida shakllantiriladi
va operatsion
segment sifatida ko‘rilishi va hisobotdor bo‘lishi uchun ular quyidagi
shartlardan biriga javob berishi kerak bo‘ladi:
- tashqi xaridorlar yoki boshqa segmentlarga sotilayotgan tovarlar
(ish, xizmat) miqdori shu tashkilotning umumiy sotuvdan tushgan
tushumlari miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa;
- aktivlari miqdori tashkilotning barcha operatsion segmentlar
aktivlari umumiy miqdorining 10 foizidan kam bo‘lmasa.
Shu tarzda shakllantirilgan alohida operatsion segment bo‘yicha
quyidagi ikkilamchi ma’lumotlar shakllantiriladi:
4- jadval
Dostları ilə paylaş: