Segmentar hisoboti



Yüklə 140,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix15.11.2023
ölçüsü140,29 Kb.
#132704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
09.Boshqaruv hisobi 247 (1)

Birlamchi ma’lumotlarni
hududiy segmentlar bo‘yicha taqdim etish hisoboti
(
ming pul birligida) 
 
T.r. 
 
Ko‘rsatkichlar 
Segmentlar joylashgan 
hududlar 
Taqsim-
lanmagan 
 
Jami 
O‘zbekis-
ton 
Belorussiya Ukraina 
1 Sotishdan tushgan 
tushum shundan: 
-tashqi mijozlardan 
- boshqa 
segmentlardan 
4300 
4300 

3560 
3560 

3830 
3830 




11 690 
11 690 

2 Xarajatlar 
3332 
2807 
3161 

9300 
3 Moliyaviy natija 
968 
753 
669 

2390 
4 Majburiyatlar 
60 
170 
310 
730 
1270 
5 Aktivlari hajmi 
400 
620 
850 
210 
2080 
6 Harid qilingan 
aktivlarning balans 
qiymati: 


260 
-asosiy vositalar 
-nomoddiy aktivlar 

10 
50 





50 
10 
7 Asosiy vositalar va 
nomoddiy aktivlarga 
hisoblangan 
amortizatsiya





8 Holdingning 
ma’muriy-boshqaruv 
xarajatlari 




1489 
9 Holdingning asosiy 
faoliyatdan olingan 
daromadi 




901 
10 Favqulodda foyda 





11 Daromad solig‘i 




216 
12 Sof foyda 




685 
- tashqi xaridorlarga sotuvdan tushgan tushum miqdori; 
- aktivlarining balans qiymati; 
- asosiy vositalar hamda nomoddiy aktivlarga sarflangan kapital 
quyilmalar miqdori. 
Jahon amaliyotida tashqi foydalanuvchilar uchun segmentar 
hisobotni tuzishni tartibga soladigan muhim va asosiy hujjat, bu 
moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlardagi 14-sonli “Segmentar 
hisobot”dir. Ana shu standart asosida bozor munosabatlari rivojlangan 
barcha mamlakatlarda segmentlar bo‘yicha hisobot tuziladi. 
Mamlakatimizda ham buxgalteriya hisobi amaliyoti xalqaro andozalarga 
muvofiq tashkil qilib borilmoqda. MHXSning 14-sonli standarti 
tamoyillari asosida tuzilgan segmentar hisobot turli geografik 
hududlarda mahsulot ishlab chiqaradigan, ishlar bajaradigan va 
xizmatlar ko‘rsatadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati 
to‘g‘risida barcha tashqi foydalanuvchilar uchun kerak bo‘ladigan 
moliyaviy hisobotlarni taqdim eta oladi va u xo‘jalik yurituvchi 
subyektlar: 
– va uning segmentlari ko‘rsatkichlarini yaxshi tushinib olish, 
shuningdek oldingi davrlari ko‘rsatkichlari bilan solishtirish
– segmentlar foydasini, shuningdek risklarini baholash; 


261 
– to‘liq va uning har bir segmentlari bo‘yicha har tomonlama 
asoslangan tarzdagi alohida qarorlar chiqarishi imkoniyatini yaratadi. 
Segmentar hisobotni shakllantirishda quyidagi qoidalar e’tiborga 
olinishi kerak: 
-
hisobotning qaysi tamoyil asosida shakllantirilishi aniq 
belgilanishi lozim, ya’ni uning asosiga mas’uliyat markazlaridan qaysi 
biri tanlanishi (ishlab chiqarish, xarajat, foyda, investitsiya va sh.k.); 
-
mahsulotni sotish, ishni bajarish va xizmatni ko‘rsatishdan 
tushadigan tushumdagi har bir segment ulushini aniq belgilab berishi;
-
har bir segment bo‘yicha daromad miqdorini aniq va o‘z vaqtida 
belgilash imkoni mavjud bo‘lishi; 
-
segmentlar o‘zaro tovar (ish, xizmat) ayriboshlashadigan 
bo‘lishsa, transfert baholardan emas balki joriy sharoitdagi bozor 
baholari asosida hisob-kitoblarni amalga oshirishi. 
Segmentar hisobotni tuzish quyidagi tamoyillarga asoslanishi 
kerak: 
- aniq manzilli, ishonchli, tushunarli, muhimlik kabi xususiyatlarni 
o‘zida aks ettirishi hamda asosan xarajatlar, daromadlar, mahsulot sotish 
hajmini hisobga olishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim; 
- tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik xususiyatlariga ega 
bo‘lishi hamda menejerning rejalari, psixologiyasi va usulini nazarda 
tutishi kerak; 
- ahamiyatli, haqqoniy, xolis taqdim etilgan bo‘lishi, izchil va 
tugallangan bo‘lib, javobgarlik markazi ishini yanada yaxshilashga 
yo‘naltirilishi lozim; 
- uning shakllari va registrlarining tez-tez o‘zgartirilishi maqsadga 
muvofiq emas, chunki bu holat ularning samaradorligini pasaytiradi
- rahbar va menejerlarga minimal hajmdagi hamda murakkab 
hisob-kitoblarsiz, tizimlashtirilgan hisobot taqdim etilishi lozim; 
- hisobotning bosh maqsadi korxona jamoasini jipslashtirish, 
ularning salohiyatlarini korxona investitsiya loyihalari va biznes-rejasini 
amalga oshirishga yo‘naltirishi lozim; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt hisob siyosatiga muvofiq kelishi bilan 
birga moliyaviy hisobning xalqaro standartlari, hisob va hisobotning 


262 
milliy standartlari, davlatimiz tomonidan qabul qilingan me’yoriy-
huquqiy manbaga ham asoslanish lozim. 

Yüklə 140,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin