Segmentar hisoboti


-§. Ichki segmentar hisobotni tuzish qoidalari va



Yüklə 140,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/14
tarix15.11.2023
ölçüsü140,29 Kb.
#132704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
09.Boshqaruv hisobi 247 (1)

3-§. Ichki segmentar hisobotni tuzish qoidalari va 
tamoyillari 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda boshqaruv hisobi ma’lumotlarini 
qayta ishlash natijasida ichki segmentar hisoboti tuziladi. Rivojlangan 
bozor iqtisodiyoti shakllangan mamlakatlarda ichki segmentar hisobotni 
tuzish bo‘yicha bir qator ijobiy tajribalar shakllangan. Ular asosida 
quyidigi xulosalarni shakllantirish mumkin: 
1.
Ichki segmentar hisobot aniq va manzilli bo‘lishi kerak. Agar 
unda quyidagilar bartaraf etilmagan bo‘lsa, u kerakli natijalarni 
bermaydi: 
– eng avvalo xarajatlar va daromad markazlarini boshqaruvchi 
rahbarlar talabini qondiradigan emas, balki realizatsiya hajmini 
belgilash, xarajatlarni hisobga olish kabi umumiy ma’lumotlarni 
shakllantirish bilangina cheklanib qolgan bo‘lsa; 
– har bir menejer talabi doirasidagi ma’lumotlarni emas, balki 
xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy, ya’ni bosh rahbari manfaatini 
qondiradigan ma’lumotlarni shakllantirish bilangina cheklangan bo‘lsa; 
– aniq, ixcham va keng qamrovli emas, balki juda ko‘p 
ma’lumotlaru, lekin asosiy masaddan cheklantiradigan juda ko‘p 
“kerakmas” axborotlarni berishga moslashgan bo‘lsa. 
2.
Samarali va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun 
ma’lumot tezkor va foydali bo‘lishi kerak. Tayyorlanayotgan 
ma’lumotlar eng avvalo har bir menejer psixologiyasini e’tiborga olgan 
holda alohida tayyorlanishi maqsadga muvofiqdir. Aniqrog‘i, hisobotni 
shakllantirayotgan mutaxassis ana shu menejer qaysi xildagi 
ma’lumotlarni xush ko‘rishini (yozmami, grafiklimi, jadvallimi va sh.k.), 
ish stili qanaqaligini, nimani xohlayotganligini sezishi va ma’lumotni 
ana shu tarzda tayyorlab berishi katta muvaffaqiyatlar garovidir. 
3.
O‘tgan davrlarga xos bo‘lgan turli xil ma’lumot va 
ko‘rsatkichlarni tahlil qilish bilan ovora bo‘lib qolmasdan, asosiy 


263 
e’tiborni ana shu segment, ya’ni mas’uliyat markazi ko‘rsatkichlarini 
yaxshilash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqarishga qaratish 
kerak. 
4.
Segmentar hisobot shakllari tez-tez o‘zgaradigan bo‘lsa, u kerakli 
samarani bermaydi, shunga muvofiq imkon qadar uning shakllari uzoq 
vaqt o‘zgarmasligiga erishish lozim. 
5.
Hisobotlar eng assosiy ma’lumotlar va ko‘rsatkichlarni qamrab 
olishi kerak, ortiqcha hisob-kitoblar va turli xil formulalar menejerlarni 
asosiy maqsaddan chalg‘itishdan boshqaga yaramaydi. 
6.
Ma’lumotlarni faqat yozma hisobotlar shaklida berishdan 
tashqari, hisob-kitoblarni amalga oshirgan buxgalter menejerlar bilan 
bevosita og‘zaki muloqotlar ham qilishlari, maqsadga muvofiqdir. 
Ichki segmentar hisobot shakllari, ularni taqdim etish davrlari, 
mazmuni kabi masalalar har bir xo‘jalik yurituvchi subyektda uning 
maqsad va vazifalaridan kelib chiqib rahbarlari tomonidan mustaqil 
tarzda belgilanadi.
Shu bilan birgalikda ichki segmentar hisobot shakllariga 
qo‘yiladigan, ya’ni ularni tuzishda amal qilinishi kerak bo‘lgan umumiy 
tamoyillar ham mavjud. Xususan: 
– mas’uliyat markazlari faoliyatini nazorat qilish imkoniyati 
yaratilishi tamoyili; 
– chetlanishlarni boshqarish tamoyili; 
ma’lumotlarning tezkorlik, ehtiyotkorlik, taqqoslanuvchanlik 
tamoyili va sh.k. 
Yuqoridagi mulohazalardan kelib chiqiladigan bo‘lsa, ichki 
foydalanuvchilar uchun tuziladigan segmentar hisobot qanday 
ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak va uning ma’lumotlaridan samarali hamda 
tezkor foydalanish uchun qanday yondashish kerak degan savolning 
qo‘yilishi tabiiydir. 
Har qanda segmentar hisobot eng avvalo rejalashtirilgan yoki 
me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichlarning haqiqatda chetlanishi (og‘ishini) 
aks ettirishi kerak. Boshqaruv hisobida bunday yondashuvni 
chetlanishlarni (og‘ishlarni) boshqarish deb, e’tirof etiladi. 
Chetlanishlarni boshqarish: 
- foydaning o‘sishi, zarar vujudga kelayotganligi yoki vujudga 
kelgan chiqimlar miqdorini tezkor tartibda aniqlash imkonini yaratadi. 
Uning sabablari turli xil bo‘lishi mumkin, masalan ishlab chiqarish 
sharoitining o‘zgarishi, ishlab chiqarish quvvatining cheklanganligi, 


264 
xarajatlarning ayrim turlari bo‘yicha xarid baholarining oshib ketishi, 
ishlab chiqarilgan mahsulotga baholarni belgilash siyosatining 
o‘zgarishi, omborda tayyor mahsulotlar zaxirasining to‘planib qolishi, 
texnologik sababalar va h.k.; 
- vujudga kelgan chetlanishlarning sabablarini aniqlash va ularni 
imkon qadar tezkor tartibda bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlarni 
belgilash mumkin bo‘ladi. 
Boshqaruv hisobini samarali tashkil qilish maqsadida hamisha 
e’tibor qilish kerakki – barcha xarajatlar va harakatlar kim tomonidandir 
nazorat qilinishini ta’minlash mumkin. Masalan, menejer umumxo‘jalik 
xarajatlari bo‘yicha nazoratni o‘z zimmasiga olib, o‘z navbatida quyi 
bo‘limlardagi bo‘lim boshliqlarining faoliyatini kuzatishi, bo‘lim 
boshliqlari esa keyingi pog‘ona mas’ullari faoliyatini boshqarishi va 
shunga munosib tarzda nazoratga olishi mumkin. 
Tarkibiy tuzilma maqomiga ega ikkita filiali hamda Toshkent 
shahrida bo‘limiga ega bo‘lgan “Rohat” muzqaymoq fabrikasining 
faoliyatini ko‘rib chiqamiz. Fabrikaning 1-filiali Xiva shahrida, 2-filiali 
esa Namangan shahrida joylashgan.
Bu segmentlarning har birining daromad va xarajatlari alohida 
hisobga olinadi, shunga muvofiq ularning har biriga mustaqil foyda 
markazi sifatida qaraladi. Bundan tashqari fabrika faoliyatini alohida 
ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari bo‘yicha hisobga olsa ham 
bo‘ladi. Chunki, har bir mahsulot turi bo‘yicha mustaqil tarzdagi ishlab 
chiqarish xarajatlari byudjeti tuzilgan, shunga muvofiq moliyaviy 
natijalarini hisoblash imkoniga ega. Odatda, har bir mas’uliyat 
markazining fabrika rahbari tomnidan tayinlangan rahbarlari bor. 
Xarajatlar smetasi yil boshida hisoblab, tayyorlangan. Smetada 
xarajatlar ikki guruhga – shartli-doimiy hamda shartli-o‘zgaruvchanlarga 
bo‘lingan. Shartli-o‘zgaruvchan xarajatlar tarkibida ishchilarning mehnat 
haqi xarajatlari hamda xomashyo va materiallar hisobga olingan. 
Shartli-doimiy xarajatlar tarkibida esa – marketing, ma’muriy, tijorat 
hamda boshqa xarajatlar hisobga olingan. Bu xarajatlar har bir tarkibiy 
tuzulma bo‘yicha umumiy tarzda hisobga olinadi, keyin esa mahsulot 
turlari bo‘yicha ularning ishlab chiqarishdagi ulushiga mos tarzda 
taqsimot qilinadi.
Quyidagi 5-jadvalda “Rohat” muzqaymoq fabrikasining bir yillik 
sotuv hajmi byudjeti keltirilgan. 
 


265 
5-jadval 

Yüklə 140,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin