Ta`lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi;
Ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilarga muammo qo`yadi va ularni munozaraga taklif etadi;
Ta`lim beruvchi bildirilgan javoblarni yozib boradi, yoki bu vazifani bajarish uchun o`quvchilardan birini kotib etib tayyinlaydi. Bu bosqichda o`qituvchi o`quvchilarga o`z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi;
Ta`lim beruvchi ta`lim oluvchilar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g`oyalarni guruhlarga ajratadi, bildirilgan fikrlar umumlashtiriladi va tahlil qilinadi;
Tahlil natijasida qo`yilgan muammoning eng maqbul yechimi tanlanadi.